Durdona Hakimovaning xonadoşi qotillikdan söng bedarak yöqoldi
12-02-2026, 23:57
140 марта

Durdona Hakimovaning xonadoşi qotillikdan söng bedarak yöqoldi
Avvalroq, Turkiyaning Istanbul şahrida özbekistonlik ayol Durdona Hakimova öldirilib, jasadi boşsiz holda çiqindi konteyneriga taşlab ketilgani haqida xabar berilgan edi. Istanbulda marhuma bilan bir uyda yaşagan 32 yoşli ayol qotillik kunidan buyon topilmayapti. Bu haqda Turkiyadagi özbek ayollarining huquqlarini himoya qiliş jamiyati xabar berdi.Malum qilinişiça, 1994 yilda tuğilgan Ergaşaliyeva Sayyora Bahromjon qizi 2025 yil 28 dekabr kuni Turkiyaga işlaş maqsadida borgan. Qizidan xabar ololmayotgan ota-ona uni topiş umidida Turkiyaga uçib borgan. Onasining sözlariga köra, qizi bilan oxirgi marta qotillik sodir bölgan kun – 23 yanvardan bir kun oldin gaplaşgan. Şundan keyin esa aloqa uzilgan.
Jamiyat xabarida aytilişiça, advokatlarning professional va şoşilinç say-harakatlari natijasida tergov işlari jadallaştirilib, ikkinçi jinoyat ehtimoli yuzasidan DNK tahlillari, şuningdek, hodisa joyini batafsil közdan keçiriş kabi muhim tergov harakatlari amalga oşirilgan.