«Yaxşilikka yomonlik»: Turkiyada öldirilgan Durdona Hakimovaning biznes şerigi marhumaga tuhmat qilinayotganini aytmoqda
28-01-2026, 13:58
1 160 марта

«Yaxşilikka yomonlik»: Turkiyada öldirilgan Durdona Hakimovaning biznes şerigi marhumaga tuhmat qilinayotganini aytmoqda
Sönggi kunlarda Turkiya va Özbekiston jamoatçiligini larzaga solgan mudhiş jinoyat — Istanbulda jasadi bölaklangan holda topilgan özbekistonlik Durdona Hakimova bilan boğliq voqea atrofida turli miş-mişlar tarqaldi.Ayniqsa, qotilning öz qilmişini oqlaş maqsadida bergan «işqiy munosabat va xiyonat» haqidagi körsatmalari marhumaning yaqinlari va uni taniganlarning qattiq etiroziga sabab böldi. Marhumaning yaqin dösti va biznes şerigi bölgan turkiyalik tadbirkor Murat Bey maxsus videomurojaat bilan çiqib, voqeaning asl tafsilotlarini sözlab berdi.
Murat Beyning takidlaşiça, Durdona oğir vazmin, tartibli va muvaffaqiyatli tadbirkor ayol bölgan. U Istanbulning Merjan dahasida harbiy va ov anjomlari savdosi bilan şuğullanuvçi şaxsiy firmasini boşqarib kelgan. Marhuma nafaqat Turkiyada, balki Özbekiston, Rossiya va Qozoğiston kabi davlatlar bilan ham keng kölamli savdo aloqalarini örnatgan. Ikki nafar voyaga yetgan qizning onasi bölgan bu ayol, farzandlariga yaxşi talim beriş va ularning kelajagini taminlaş uçun halol mehnat qilib, Vatanida va Turkiyada köçmas mulklar sotib olgan.
Eng açinarlisi şundaki, qotillikda ayblanayotgan şaxslar Durdonaning sevgilisi emas, balki u insoniylik yuzasidan yordam qölini çözgan yurtdoşlari bölib çiqdi.
Malum bölişiça, Durdonaning onasi qotil yigitlarga qizining oldiga borsa yordam berişini aytgan. Durdona esa yurtdoşlik burçini ötab, unga uy topib bergan, ijara pullariga yordamlaşgan va şaxsiy tanişlari orqali işga joylaştirgan. Murat Beyning sözlariga köra, qotil öz jinoyatini yengillaştiriş uçun marhumaning şaniga tuhmat qilgan va bu davolar mutlaqo asossiz.
Durdona atrofidagilarga haddan taşqari işonuvçan va doimo yordamga tayyor inson bölgan. Uning hatto ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qoldirgan «Attanglaring bir kun hayotingga zomin böladi» degan mazmundagi yozuvlari göyoki uning fojiali qismatidan oldindan berilgan işoradek yangramoqda.
Murat Bey öz murojaatida odamlardan marhuma haqida bilib-bilmay salbiy izohlar qoldirmaslikni va uning ortida qolgan oilasiga hamdard bölişni ötinç bilan söradi.
Bu mudhiş voqea nafaqat bir ayolning qotilligi, balki yaxşilikka yomonlik bilan javob qaytarilgan insoniylik fojiasidir. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda va yaqinlari qotillarning eng oğir jazoga tortilişini kutmoqdalar.