Zelenskiy Rizo Pahlaviy bilan uçraşdi
14-02-2026, 14:43
91 марта

Zelenskiy Rizo Pahlaviy bilan uçraşdi
Keça, 13 fevral kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Myunxen xavfsizlik konferentsiyasi doirasida Eronning sobiq valiahd şahzodasi, surgundagi siyosatçi Rizo Pahlaviy bilan uçraşdi. Bu haqda Ukraina rahbari özining Telegram-kanalida malum qildi.Uçraşuv davomida Pahlaviy Zelenskiyga Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida eronlik namoyişçilarni qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorlik bildirgan. Ukraina rahbari esa muhim pallada bildirilgan işonç katta ahamiyatga ega ekanini takidlagan.
Qayd etiş joiz, joriy yilning yanvar oyida Eronda bölib ötgan ommaviy norozilik namoyişlari vaqtida xavfsizlik kuçlari minglab odamlarni öldirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bu holat AQŞ va uning ittifoqçilari tomonidan keskin qoralandi. Zelenskiy ham Eron xalqini qöllab-quvvatlaşini bildirdi va amaldagi rejimni tanqid qildi. Ukraina tomoni Eronni Rossiyaga, xususan, Ukrainaga qarşi uruşda qöllanilayotgan “Şahid” dronlarini yetkazib berişda ayblab keladi.
AQŞ eronlik namoyişçilar tomonida turgan bölsada, hozirça Pahlaviy yoki boşqa surgundagi muxolifat yetakçilarni rasman qöllab-quvvatlamagan. Şunga qaramay, Pahlaviy sönggi yillarda bir qator siyosatçilar bilan uçraşuvlar ötkazgan.