Özbekiston Prezidenti amaliy taşrif bilan AQŞga boradi
17-02-2026, 08:11
217 марта
Özbekiston Prezidenti amaliy taşrif bilan AQŞga boradiŞavkat Mirziyoyev Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 17–19 fevral kunlari amaliѐt taşrifi bilan Vaşington şahrida böladi.
Malum qilinişiça, davlat rahbari Tinçlik kengaşining dastlabki yiğilişida iştirok etadi. Sammit AQŞ Tinçlik institutida ötkazilişi rejalaştirilgan bölib, unda Ğazo sektori tiklanişi, gumanitar yordam körsatiş hamda mintaqada tinçlik va barqarorlikni taminlaş masalalari muhokama qilinadi.
Taşrifning işbilarmonlik dasturi doirasida Özbekiston yetakçisi Amerikaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari iştirokida strategik loyihalar taqdimotida qatnaşişi, şuningdek iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş marosimida iştirok etişi közda tutilgan.
Eslatib ötamiz, Tinçlik kengaşi AQŞ Prezidenti Donald Tramp taşabbusi bilan taşkil etilgan. Özbekiston joriy yilning yanvar oyida Şveytsariyaning Davos şahrida unga tasisçi davlat sifatida qöşilgan.