USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Isroil Trampning “Tinçlik kengaşi”ga qöşildi

71 марта

Isroil Trampning “Tinçlik kengaşi”ga qöşildi

Keça, 11 fevral kuni Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu Vaşingtonga taşrifidan söng  AQŞ Prezidenti Donald Tramp tomonidan taşkil etilgan “Tinçlik kengaşi”ga qöşilganini malum qildi. Bu haqda u özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi.

Netanyaxu AQŞga taşrifi davomida Donald Tramp va Davlat kotibi Marko Rubio bilan uçraşgan. Uçraşuvdan söng Isroil “Tinçlik kengaşi” azosiga aylanganini tasdiqlagan.

Qayd etiş joiz, Trampning rejasiga köra, yangi kengaş Ğazoning vaqtinçalik boşqaruvini nazorat qilişi, keyinçalik esa global mojarolarni hal qilişda iştirok etişi közda tutilgan. BMT Xavfsizlik Kengaşining 2025 yil noyabr oyida qabul qilingan rezolyutsiyasida ham Ğazoda xalqaro barqarorlikni taminlaş uçun zarur çoralar körilişi takidlangan.

Biroq, köplab huquqşunos va mutaxassislar Trampning uşbu taşabbusini tanqid qilmoqda. Ularning fikriça, kengaşning tuzilişi va faoliyati BMT vakolatlariga putur yetkazişi mumkin. Şuningdek, kengaş tarkibida Falastindan vakillar yöq ekanligi ham etirozlarga sabab bölmoqda.

Malumot uçun, mazkur “Tinçlik kengaşi” nizomi 2026 yil 22 yanvar kuni Şveytsariyaning Davos şahrida bölib ötgan Jahon iqtisodiy forumi doirasida 19 mamlakat vakillari, jumladan, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan. OAVga köra, kengaşning birinçi yiğilişi joriy yilning 19 fevral kuni ötkaziladi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: