USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston zaxiralari 75 mlrd dollarga, oltin uluşi 85 foizga yetdi

77 марта

Özbekiston zaxiralari 75 mlrd dollarga, oltin uluşi 85 foizga yetdi

Özbekistonning xalqaro zaxiralari joriy yil 1 yanvardagi 66,3 mlrd dollardan 1 fevral holatiga qariyb 75 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank statistikasida keltirilgan.

Markaziy bank malumotiga köra, zaxiralarning qariyb 85 foizi oltindan iborat. Bu körsatkiç mamlakatni oltin zaxiralari hajmi böyiça dunyoda 17-öringa olib çiqqan. Hozirda rasmiy zaxiralarda 380,4 tonna oltin mavjud.

“World Gold Council” malumotlariga köra, eng yirik oltin zaxiralariga ega davlatlar qatorida AQŞ, Germaniya, Italiya, Frantsiya va Rossiya bor. Özbekiston esa dunyodagi eng yirik önta oltin işlab çiqaruvçi davlatlardan biri sifatida ham qayd etilgan. Markaziy bank vakillari oltin saqlaşda asosiy mezon reyting emas, balki xavfsizlik ekanini takidlaydi.

Zaxiralarni boşqarişda Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) tamoyillariga tayaniladi. Unga köra, uç asosiy mezon bor: xavfsizlik (aktivlar yöqotilmasligi), likvidlik (zarur paytda tezda pulga aylantiriş imkoniyati) va daromadlilik. Bankka köra, birinçi ikki tamoyil ustuvor. Özbekiston boşqa köplab davlatlardan farqli ravişda oltin zaxiralarini xorijda emas, balki mamlakat içida saqlaydi.
Mahalliy oltin xarid qilinganda iqtisodiyotga katta miqdorda söm çiqariladi, bu esa inflyatsion bosim (narxlar oşişi xavfi)ni kuçaytirişi mumkin. Şu bois Markaziy bank “sterilizatsiya” usulini qöllaydi, yani içki valyuta bozorida çet el valyutasini sotib, ortiqça pul massasini muomaladan çiqaradi. Bu çoralar valyuta kursini belgilaş uçun emas, balki ortiqça likvidlikni (bozordagi ortiqça pul mablaği) kamaytiriş uçun amalga oşiriladi.

Oltin uluşi yuqori bölsa-da, zaxiralarni diversifikatsiya qiliş, yani turli aktivlarga taqsimlaş işlari boşlangan. 2024 yildan boşlab Markaziy bank AQŞ davlat obligatsiyalariga sarmoya kiritdi va hozirda 1,5 mlrd dollarlik qisqa muddatli portfel şakllantirilgan. Bank malumotiga köra, zaxiralar 17 oylik importni qoplaydi hamda qisqa muddatli taşqi qarzdan 4,4 baravar yuqori. Bu körsatkiçlar mamlakatning taşqi iqtisodiy xatarlarga nisbatan yetarli “moliyaviy yostiq”qa ega ekanini anglatadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: