Şavkat Mirziyoyev Özbekiston xalqini Ramazon bilan qutladi
18-02-2026, 19:29
167 марта

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston xalqini Ramazon bilan qutladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev özbekistonliklarni Ramazon oyi bilan tabrikladi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.“Avvalo, siz, azizlarni, butun xalqimizni yurtimizga mehr-oqibat, xayru saxovat va şukronalik timsoli bölgan muqaddas Ramazon oyining kirib kelişi bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Albatta, uşbu qutluğ ayyomda barçamizni Ramazoni şarifga mana şunday soğ-omon, birlik va hamjihatlikda yetkazgani uçun Parvardigori olamga çeksiz şukronalar aytamiz”, deyiladi Prezident tabrigida.
Şuningdek, tabrikda el-yurt ijtimoiy-manaviy hayotida alohida örin tutadigan, insonni ezgu va savob işlarga davat etadigan uşbu oyni munosib tarzda ötkaziş maqsadida bu yil ham mamlakatda katta tayyorgarlik işlari amalga oşirilayotganini qayd etilgan. Jumladan, mahalla va uy-joylar, masjid va madrasalarni obod qiliş, keksa, nogiron va yordamga muhtoj şaxslarning holidan xabar oliş, qöşnilar, yaqin qarindoşlarga mehr va etibor körsatiş, ibodat va iftor marosimlarini tartibli ötkazişga xonadon va mahalla ahllari, jamoatçilik vakillari tarafidan alohida ahamiyat berilmoqda.
“Bularning barçasi bebaho boyligimiz bölgan tinçlik-osoyiştalik, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglik muhitini, insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlaş, yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini oşirişga xizmat qilişi tabiiy, albatta.
Ramazon oyining uluğ fazilatlari, axloqiy-manaviy ahamiyati aynan ana şunday olijanob işlarda yaqqol namoyon böladi, desak, haqiqatni aytgan bölamiz”, deyiladi tabrikda.
Bu haqda söz yuritganda, keyingi yillarda inson qadrini, har bir fuqaroning huquq va qonuniy manfaatlarini taminlaş, ijtimoiy adolat Özbekistonda davlat siyosati darajasiga kötarilgani, şu asosda amalga oşirayotgan keng kölamli islohotlar xalq hayotini tubdan özgartirayotganini takidlaş örinli.
Joriy yil mamlakatda “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” deb elon qilingani va bu borada tegişli amaliy işlar boşlab yuborilgani zamirida ham ana şunday buyuk intilişlar mujassam.
Jamiyatni yuksaltiriş asosi mahalla. Çunki mahallada ösiş va özgariş bölsa, butun jamiyat rivojlanadi. Mahallalarimizning yutuği va farovonligi pirovard natijada butun jamiyatning yutuği va farovonligi sifatida namoyon böladi.
“Aziz döstlar! Qutluğ zaminimiz uzra Alloh taoloning marhamati yoğilib turgan mana şunday saodatli kunlarda ajdodlar xotirasini, ularning ezgu işlari, xayrli amallarini eslaş va davom ettiriş barçamiz uçun ham qarz, ham farzdir.
Sönggi yillarda mamlakatimizda islom dini va madaniyati ravnaqiga beqiyos hissa qöşgan buyuk allomalarimizning muqaddas qadamjolarini obod qiliş, ilmiy merosini tiklaş va örganiş, xalqimiz, ayniqsa yoşlarimiz örtasida tarğib etiş böyiça köpgina işlarni amalga oşirayotganimiz sizlarga yaxşi malum, albatta.
Uluğ ajdodlarimizning şonli ananalariga sadoqat bilan yaşab kelayotgan xalqimizning azmu şijoati bilan noyob memoriy loyihalar asosida Toşkent şahrida – Islom tsivilizatsiyasi markazi, Samarqandda esa buyuk muhaddis bobomiz Imom Buxoriy majmuasini bunyod etiş işlari yakuniga yetkazilganini faxr bilan aytib ötmoqçiman.
Ramazoni şarif kunlarida muhtaram ulamolarimiz, ilm-fan va ijod ahli, keng jamoatçilik vakillari iştirokida ana şu tabarruk maskanlarda buyuk aziz-avliyo va allomalarimiz xotirasiga ehson dasturxonlari yozib, bu muqaddas ziyoratgohlar eşiklarini xalqimiz uçun keng oçişni reja qilganmiz va bu işlarni albatta amalga oşiramiz”, deyiladi tabrik xatida.
Şuningdek, tabrikda hozirgi vaqtda jahonning turli mintaqalarida uruş va janjallar davom etmoqda.
“Pok niyatlar qabul böladigan uşbu muborak ayyomda nizo va adovatlar barham topib, tinçlik, özaro işonç va hamkorlik aloqalari qaror topişini çin dildan istab qolamiz.
Fursatdan foydalanib, uzoq va yaqin mamlakatlardagi vatandoşlarimizga, butun musulmon ummatiga ham samimiy tabrik va tilaklarimizni yöllaymiz
Muhtaram yurtdoşlar!
Sizlarni ezgulik, mehr-muruvvat va baraka oyi – mohi Ramazonning boşlanişi bilan yana bir bor tabriklayman.
Uşbu şukuhli kunlarda barçangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinçlik va farovonlik tilayman.
Röza kunlarida qilinadigan barça ibodatlar, ezgu niyat va amallar ijobat bölsin!
Xalqimizni, Vatanimizni Yaratganning özi panohida asrasin! Ramazon oyi barçamizga muborak bölsin!” deyiladi Prezident tabrigida.