Ramazonda ayrim şaxslarga 1 mln sömdan moddiy yordam beriladi
19-02-2026, 09:04
520 марта
Ramazonda ayrim şaxslarga 1 mln sömdan moddiy yordam beriladiÖzbekistonda Ramazon oyi munosabati bilan ehtiyojmand aholiga moddiy yordam beriladi. Bu haqda Prezidentning bugun, 17 fevral kuni qabul qilingan “Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralari töğrisida”gi qarorida söz boradi.
Qarorga köra, quyidagi toifadagi şaxslarga 1 mln sömdan 1 martalik moddiy yordam körsatiladi:
Ijtimoiy reyestrning “davlat taminotidagi oila” toifasidagi oilalarga;
özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz yaşovçi hamda yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslarning reyestridagi fuqarolarga;
yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar yaşayotgan oilalarga.
Ijtimoiy reyestrning “kambağal oila” toifasidagi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan şakllantirilgan qöşimça röyxatdagi ehtiyojmand oilalarga 500 ming sömdan 1 martalik moddiy yordam körsatiladi.
Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 6 ming nafar bemor azolarining davolanişi va jarrohlik amaliyotini ötkaziş bilan boğliq xarajatlari qoplab beriladi.
2026 yil 1 martga qadar röyxat asosida oilalarning ijtimoiy karta yoki bank plastik kartalariga bir martalik moddiy yordam ötkazib beriladi.