Öta oğir jinoyatlarni jamoatçilik iştirokida körib çiqiş boşlanadi
19-02-2026, 20:29
238 марта

Öta oğir jinoyatlarni jamoatçilik iştirokida körib çiqiş boşlanadi
Öta oğir jinoyatlarni jamoatçilik vakillari iştirokida körib çiqiş Toşkent şahri va viloyatidan boşlanadi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 16 fevral kungi farmoni bilan tasdiqlangan “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş” yilida ustuvor yönalişlar böyiça islohotlar dasturlari va “Özbekiston – 2030” strategiyasini amalga oşiriş böyiça davlat dasturida söz boradi.Hujjatga köra, 2026 yil noyabrdan boşlab birinçi bosqiçda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida öta oğir jinoyatlarni xalq vakillari hayati iştirokida körib çiqiş amaliyoti yölga qöyiladi (tinçlik va xavfsizlikka qarşi jinoyatlar bundan mustasno).
Şuningdek, mazkur hujjatda jinoyat işlarida xalqaro tan olingan Xeabes korpus instituti doirasida tergov sudyalariga qamoqqa oliş, uy qamoği tarzidagi va boşqa ehtiyot çoralarini özgartiriş va bekor qiliş vakolati berilişi belgilangan. Buning natijasida jinoyat protsessida majburlov çoralari qöllanilişi, inson huquqlariga rioya etilişi ustidan sud nazorati kuçaytirilib, respublikadagi barça tergov sudyalari vakolatlari kengaytiriladi.