Özbekiston sud tizimida “xalq vakillari hayati” joriy etiladi
27-12-2025, 17:25
112 марта

Özbekiston sud tizimida “xalq vakillari hayati” joriy etiladi
Özbekiston sud tizimida “xalq vakillari hayati” instituti bosqiçma-bosqiç joriy etiladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev keça, 26 dekabr kuni Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllayotgan murojaatnomasida malum qildi.“Endi jinoyat protsessiga ingliz huquqidagi davlatlarda ijobiy natija bergan “xalq vakillari hayati” instituti bosqiçma-bosqiç joriy etiladi”, dedm Şavkat Mirziyoyev.Bunda öta oğir va jamiyatda şov-şuvga sabab bölayotgan jinoyatlar jamoatçilik vakillari iştirokida körib çiqilişi sud hukmining yanada adolatli bölişiga xizmat qiladi.
Sud-huquq tizimini xalqqa yaqinlaştirişga qaratilgan işlar izçil davom etişini aytgan Prezident odil sudlov jarayonini “raqamli sud” kontseptsiyasi asosida taşkil etiş boşlanganini qayd etdi. Uning sözlariga köra, endi tergovni ham raqamlaştiriş orqali inson huquqlari himoyasi kuçaytiriladi. Bunda jinoyat haqidagi arizani qabul qilişdan boşlab, işni sudga ötkazişgaça bölgan bosqiçlarga suniy intellekt texnologiyalari joriy etiladi va inson omili qisqartiriladi.
“Yurtimizda tergov sudyalari iş boşlagani – xalqaro tan olingan “Xabeas korpus” institutini qöllaşning navbatdagi muhim bosqiçi böldi. 2026 yildan tergov sudyalariga sanktsiya va majburlov çoralarini özgartiriş hamda bekor qiliş vakolatlarini ham beramiz. Odil sudlovni amalga oşirişda jamoatçilik iştiroki va rolini oşirib boramiz”, dedi Şavkat Mirziyoyev.