AOKA tugatiladi
14-07-2025, 16:24
678 марта

AOKA tugatiladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent işlab çiqaruvçi markaz taşkil etiladi. Bu Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Davlat boşqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonda belgilandi.Farmonga muvofiq, davlat idoralarining jamoatçilik oldidagi hisobdorligi oşirilmoqda. Matbuot kotiblari instituti yanada mustahkamlanadi, aholi bilan kommunikatsiya qiliş va ommaviy axborot vositalari bilan işlaşning yangi tizimi joriy etilmoqda.
Şuningdek, ayrim yönalişlarda Prezident vakillari lavozimlari joriy etildi.
Bundan taşqari, endilikda har qanday normativ-huquqiy hujjat va loyiha Prezident Administratsiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar tadqiqotlari, olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlarning tavsiyalari asosida işlab çiqiladi.
Muhim yönalişlar loyiha ofislari orqali amalga oşiriladi. Administratsiya faoliyatida “komplayens” tizimi yölga qöyiladi. Bu esa şaffoflikni taminlaş, ijro intizomini mustahkamlaş va korruptsiya holatlarining oldini olişga xizmat qiladi.
Malumot uçun, AOKA Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil 2 fevraldagi “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoniga muvofiq Özbekiston matbuot va axborot agentligi negizida taşkil etilgan. 2019 yil 4 fevraldan 2020 yil 29 yanvarga qadar Komil Allamjonov AOKA direktori vazifasini bajargan. 2020 yilning iyulidan beri agentlikka Asadjon Xöjayev rahbarlik qilib keladi.