USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qoraqalpoğistonda kömirdan oltin ajratib oliş fabrikasi quriladi

305 марта

Qoraqalpoğistonda kömirdan oltin ajratib oliş fabrikasi quriladi

Bugun, 20 fevral kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev AQŞning Vaşington şahriga amaliy taşrifdan söng Toşkentga qaytib kelgaç, Qoraqalpoğiston Respublikasida amalga oşirilayotgan islohotlar natijadorligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning ustuvor vazifalari böyiça yiğiliş ötkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, özining ulkan maydoni va qazilma boyliklar zaxirasi bilan katta iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatga ega bölgan Qoraqalpoğistonda 270 million tonna tsement, 256 million kub metr quriliş va pardozbop toşlar, 200 million tonna ohak, 31 million kub metr keramzit, 30 million kub metr quriliş qumlari, 27 million kub metr ğişt xomaşyosi, 6,9 million tonna şişa, 6,5 million tonna gips, 4,3 million tonna vermikulit zaxiralari aniqlangan.

Şu bilan birga, şahar va tumanlar, ovullar örtasidagi masofa uzoqligi har bir hududning soliştirma ustunligidan unumli foydalanib, aniq hisob-kitob bilan işlaşni taqozo etadi. Umuman, qayerda soğlom muhit, qulay şaroit, adolatli va şaffof tizim bölsa, tadbirkor öşa joyda işlaşni xohlaydi, investor ham ana şunday hududga mablağ tikadi.

Taqdimotda sönggi yillarda Qoraqalpoğiston iqtisodiyotida sezilarli özgarişlarga erişilgani qayd etilgan. Jumladan, 8 yil oldin hudud iqtisodiyoti jon boşiga hajm böyiça eng oxirgi örinda bölgan bölsa, bugun 7-öringa kötarilgan. Sanoat mahsulotining atigi 4 foizi eksportga çiqqan bölsa, hozir bu körsatkiç 30 foizga yetgan. Umumiy eksport 2016 yilga nisbatan 3,5 karra oşib, 2,1 milliard dollar bölgan.

Kelgusi 5 yilda hudud iqtisodiyotini 102,5 trillion sömga (2025 yilda 54,3 trillion söm bölgan), jon boşiga esa 51 million sömga yetkaziş, sanoat va xizmatlar sohasida 7,2 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Barça imkoniyatlarni işga solib, sanoat, xizmatlar va turizm eksportini 900 million dollarga yetkaziş muhimligi takidlangan (2025 yilda 435 million dollar bölgan).

Joriy yil yakuniga qadar işsizlik darajasini 4,2 foizgaça, kambağallikni 3,2 foizgaça pasaytiriş, Nukus şahri, Qönğirot va Çimboy tumanlari hamda 109 ta mahallani işsizlik va kambağallikdan xoli hududga aylantiriş maqsad qilingan. Qöşimça ravişda “oğir” toifadagi Bözatov, Qonliköl, Möynoq va Şumanay tumanlari hamda 90 ta mahallada kambağallikni 2 barobar qisqartiriş vazifasi qöyilgan.

Taqdimotda investitsiyalarni jalb qiliş va tadbirkorlikni rivojlantiriş maqsadida hududga avval berilgan imtiyozlar muddatini uzaytiriş taklifi bildirildi. Prezident uşbu taklifni qöllab-quvvatlagan.

Qoraqalpoğistonga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hajmini 2,5 barobar oşiriş (2025 yilda 3,5 milliard dollar bölgan) maqsad qilingani qayd etilgan.

Hudud uçun işlab çiqilgan yirik investitsiya loyihalari haqida malumot berilgan.
Suniy intellekt sohasi uçun Taxiatoş tumanida modulli intellektual hisoblaş markazini taşkil etiş, Nukus şahrida avtomobil sanoati uçun butlovçi qismlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan texnologik klaster barpo etiş, bazalt tolasi işlab çiqarişni yölga qöyiş, çiqindilarni kuydiriş orqali elektr energiyasi işlab çiqariş, Qoraözak tumanida kömirdan oltin ajratib oliş fabrikasi, Taxtaköpir tumanida paxta tozalaş va yigiriş fabrikasi, Çimboy tumanida ip-kalava işlab çiqarişni taşkil etiş loyihalari şular jumlasidan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: