Özbekistonda blogerlar Rossiya tajribasi böyiça soliqqa tortilişi mumkin
27-02-2026, 00:41
72 марта

Özbekistonda blogerlar Rossiya tajribasi böyiça soliqqa tortilişi mumkin
Özbekistonda blogerlarni soliqqa tortiş böyiça Rossiya tajribasi örganiladi. Bu haqda Davlat soliq qömitasi xabar berdi.Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Soliq qömitasi delegatsiyasi Moskva şahrida rossiyalik hamkasblari bilan özaro tajriba almaşmoqda. Taşrifning birinçi kunida tomonlar blogerlar hamda internet tarmoğida faoliyat yurituvçi boşqa şaxslar daromadlari ustidan soliq nazoratini amalga oşiriş masalalarini muhokama qilgan.
Xususan, soliq xizmati brendini ommalaştiriş, oçiqlik darajasini oşiriş va fuqarolar işonçini mustahkamlaş maqsadida media hamjamiyat bilan özaro yaqin hamkorlikni yölga qöyiş masalalariga alohida etibor qaratilgan.
Bundan taşqari, Rossiya tomoni soliq organlari faoliyatida xizmat körsatişga yönaltirilgan yani, soliq tölovçilar uçun qulay xizmatlar yaratiş, ular bilan özaro samarali hamkorlik örnatiş, mavjud tartib-taomillarni soddalaştirişga qaratilgan yondaşuvlarni joriy etiş amaliyotini taqdim etgan.
“Mazkur tajriba almaşiş jarayoni ilğor yeçimlarni örganiş va ularni kelgusida Özbekiston soliq organlari faoliyatida qöllaş imkoniyatlarini körib çiqişga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.