Noqonuniy poygalar uçun jinoiy javobgarlik joriy etilişi mumkin
27-02-2026, 10:14
123 марта

Noqonuniy poygalar uçun jinoiy javobgarlik joriy etilişi mumkin
Adliya vazirligi taşabbusi bilan noqonuniy poygalarni taşkil etganlik va unda iştirok etganlik uçun mamuriy va jinoiy javobgarlik çoralarini nazarda tutuvçi qonun loyihasi işlab çiqildi.Vazirlikka köra, bugungi kunda yöllarda noqonuniy taşkil etilayotgan poygalar yöl harakati iştirokçilarining xavfsizligiga, aholining osoyiştaligiga jiddiy xavf solib, inson ölimigaça bölgan öta salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.
Bu esa, aholining, şu jumladan yöl harakati iştirokçilarining haqli etirozlari va xavotirlariga sabab bölmoqda.
“Şuni inobatga olib, Adliya vazirligi yöllarda noqonuniy poygalarni taşkil etiş oqibatida vujudga kelayotgan yöl-transport hodisalarini oldini oliş maqsadida mamuriy va jinoiy javobgarlikni joriy etişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini işlab çiqib, manfaatdor vazirlik va idoralarga kelişiş uçun kiritgan”, deyiladi xabarda.Qöşimça qilinişiça, mazkur qonun loyihasi joriy yilning 17 fevral kuni manfaatdor vazirlik va idoralarga kelişişga çiqarilgan bölib, belgilangan tartibda kelişilganidan söng, jamoatçilik muhokamasiga qöyiladi.