USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

10-sinf öquvçisi BMW bilan inspektorni urib ketdi: jinoyat işi oçildi

626 марта

10-sinf öquvçisi BMW bilan inspektorni urib ketdi: jinoyat işi oçildi

 Toşkent şahrida 10-sinf öquvçisi BMW bilan yöl-patrul xizmati inspektorini urib yuborgani haqida xabar berilgandi. Uşbu holat böyiça jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.


Malum qilinişiça, 25 fevral kuni soat 21:46 da 2010 yilda tuğilgan voyaga yetmagan, xususiy maktabning 10-sinf öquvçisi BMW M4 rusumli avtomaşinani haydovçilik guvohnomasiz boşqarib, Mirobod tumani Mirobod köçasi böylab harakatlanib kelayotgan vaqtda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi yöl-patrul xizmati inspektorini urib yuborgan. YPX inspektori tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Aynan uşbu voyaga yetmagan şaxs maktabda dars qoldirganligi uçun uning ota-onasi 2025 yilning 12 sentyabr kuni profilaktik suhbat ötkazilgan. Şuningdek öz boşimçalik bilan avtomobil boşqarib qöpol ravişda yöl harakati qoidalarini buzganligi sabab joriy yilning 8 yanvar kuni Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 47-moddasi bilan javobgarlikka tortilgan.

Uşbu transport vositasi 2002 yilda tuğilgan A.L.ga tegişli bölib, bu şaxs tomonidan 2024 yildan şu kunga qadar 18 marta transport vositasi boşqariş huquqi bölmagan şaxsga haydaş uçun berganligi hamda qöşimça ravişda 37 marta boşqa turdagi yöl harakat qoidalarini qöpol ravişda buzganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat qözğatilib, dastlab tergov harakatlari boşlangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: