USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

IIB xodimi mast holda odam urib, qoçib ketdi. Jabrlanuvçi vafot etdi

844 марта

IIB xodimi mast holda odam urib, qoçib ketdi. Jabrlanuvçi vafot etdi

Xorazm viloyatida mast holda odam yuborib, uning ölimiga sababçi bölgan Içki işlar boşqarmasi inspektori 3 yil-u 1 oyga ozodlikdan mahrum etildi. 

Hujjatda keltirilişiça, 2025 yilning 27 sentyabr kuni 22:14 larda sudlanuvçi A.U. Tracker rusumli maşinasida mast holda Şovot tumanidan Urganç şahriga ketayotganida 1996 yilda tuğilgan ayolni urib yuborgan. U ayolga birinçi yordam körsatmay, voqea joyidan qoçib ketgan. Jabrlanuvçi boşqa transport vositasida şifoxonaga olib borilgan, biroq körsatilgan muolajalarga qaramay vafot etgan.
Joriy yilning 23 fevral kuni Jinoyat işlar böyiça Şovot tumani sudida mazkur iş körib çiqilgan. Sudda A.U. aybiga qisman iqror bölib, körsatma bergan. Unga köra, 2025 yil 27 sentyabr kuni keçki soat 22:00 larda “Şovot-Urganç” yönalişi böyiça eski yöldan Urganç şaxriga qarab harakatlanib borayotganida yölni yoritiş çiroqlari tugagan joyda avtomaşinani öng yon tomonidan qarsillagan tovuş çiqqan, şu sababli u yöl çetiga ötib töxtagan. Keyin bilsa, u odam urib yuborgan. Şuningdek, sudlanuvçining aytişiça, yöl böylab ortidan kelayotgan Gentra avtomaşinasidagi yigitlar uning odam urib yuborganini bilib, yugurib kelgan. Ular bilan özi urib yuborgan odam yoniga borgan va ayol ariq içida yotganini körgan.

A.U. öşa paytda ayolning ustida turmuş örtoği turganini körgan va şundan keyin jabrlanuvçi ariq içidan olib çiqilgan, bunda A.U. ning özi ham yordam bergan. Sudlanuvçiga köra, öşa kuni u kursdoşi bilan birga çoyxonada spirtli içimlik istemol qilgan. Şuningdek, u sudda hodisa paytida mazasi bölmaganini, spirtli içimlik içgan bulsada, “xuşyor” holatda bölganini aytgan. Bundan taşqari, u hodisa joyidan qoçmaganini, Gentra haydovçisiga ayolni şifoxonaga olib borişini aytib, özi uni qutqariş uçun Urganç şahridagi uyiga pul oliş uçun ketganini, şifokorlarga pul bermasa yaxşi qaramasligini bildirgan.

U Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi va 117-moddasi (Xavf ostida qoldiriş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Sudlanuvçi 3 yil muddatga transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilinib, jinoyatlar majmui böyiça uzil-kesil 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Jazoni manzil-koloniyalarda ötaşi belgilangan.

Изоҳ қолдириш

    • ...... 27 Fevral 2026 21:05
      Bir odamni umrina xazon boʻlib, bollani yetim boʻlishina sababchi boʻlgan IIB inpektoriga 3 yil qamoq sal gʻalatimasmi? Adolatli qarormi bu? Sudyalar ham xudodan qoʻrqadimi? Haqiqat qaror topganmi shunda? Xalqimizda naql bo:
      -"Qargʻa qargʻani koʻchini choʻqimidi" . Mi?
    • Xasan. 28 Fevral 2026 06:42
      Odamni urib unga yordam koʻrsatmasdan qochib ketish qotillik sanaladi. Nega 3 yil. Oddiy odam boʻlganida 7-8 yil kesilardi. Nega kam yil kesilgan yana qochib ham ketganku. Adolat qani

Мавзуга алоқадор: