USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

10-sinf öquvçisi BMW’da urib ketgan YPX xodimi vafot etdi

706 марта

10-sinf öquvçisi BMW’da urib ketgan YPX xodimi vafot etdi

Joriy yilning 25 fevral kuni 10 sinf öquvçisi BMW’da urib ketgan Yöl-patrul xizmati xodimi vafot etdi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, 25 fevral kuni 21:48 larda Toşkent şahrida xizmat olib borayotgan YPX inspektori kiçik serjant Hosilbek Eşnazarov 10-sinf öquvçisi bölgan voyaga yetmagan haydovçi boşqaruvidagi BMW rusumli avtomaşinaning urib yuborişi oqibatida hayoti uçun oğir tan jarohatlarini olgan. 3 kun davomida şifokorlar nazoratida bölgan içki işlar organlari xodimi körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi. 

“Içki işlar vazirligi rahbariyati va köp sonli şaxsiy tarkibi Toşkent şahri IIBB JXX YHXB Yöl-patrul xizmati brigadasi 2-bataloni 4-safarbar guruhi yöl-patrul xizmati inspektori kiçik serjant Eşnazarov Xosilbek Beknazar öğlining vafoti munosabati bilan marhumning oila azolari va yaqinlariga çuqur taziya izhor etadi”, deyiladi xabarda.
Kiçik serjant Xosilbek Eşnazarov 2022 yildan içki işlar organlarida fidokorona xizmat qilgan. Uning ortidan qadrli ota-onasi, suyukli ayoli, 2 nafar öğil va 1 nafar qiz farzandlari qoldi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: