Toşkentda BMW urib ketişi ortidan vafot etgan xodimning oilasi davlat muhofazasiga olinadi
28-02-2026, 12:07
80 марта

Toşkentda BMW urib ketişi ortidan vafot etgan xodimning oilasi davlat muhofazasiga olinadi
Joriy yilning 25 fevral kuni 10-sinf öquvçisi BMWʼda urib ketgan Yöl-patrul xizmati xodimi keça, 27 fevral kuni vafot etgandi. Uşbu xodimning oila azolari davlat muhofazasiga olinadi. Bu haqda Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov xabar berdi.Unga köra, Içki işlar organlarida 2022 yil iş boşlagan Xosilbek 2024 yildan faoliyatini patrul post xizmatida davom ettirgan.
Xizmat davomida qoidabuzarliklarni oldini olişda jonbozlik körsatib, yuzlab yirik xalqaro va ommaviy tadbirlarda jamoa tartibini saqlaşda qatnaşgan. 2014 yilda turli huquqbuzarliklarni aniqlaşda tört nafar qidiruvdagi şaxslarni qölga olişda faol iştirok etgan.
12 nafar narkojinoyatçilarning faoliyatiga çek qöygan. Rahbariyat tomonidan uning işçanligi va burçiga sadoqati, muhimi fuqarolar bilan muomalasi inobatga olinib, 2025 yildan Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi yöl xizmati inspektori sifatida xizmatga safarbar etilgan.
Xosilbek navbatdagi faoliyati davomida 1392 ta, şundan 324 ta qöpol qoidabuzarliklarni aniqlagan.
14 ta mast haydovçini harakatiga çek qöygan. Undan taşqari qarama-qarşi harakatlaniş, hujjatsiz transport vositasini boşqariş va qizil çiroqqa böysunmaslik kabi 52 ta qoidabuzarliklarni aniqlab, huquqbuzarlarga qonuniy çora körgan.
U joriy yilning 25 fevral kuni poytaxtning Mirobod tumani Nukus köçasida begona transport vositasini olib qoçib, yuqori tezlikda harakatlanayotgan voiyaga yetmagan qonunbuzarni yölini tösib, öz jonini ayamagan holda yuzaga kelişi mumkin bölgan oğir oqibatni oldini olgan.
Qahramonlarça harakat qilgan xodim oğir tan jarohatlar olgan. Körsatilgan tibbiy yordam va mutaxassislarning harakatlariga qaramasdan, Xosilbek şifoxonada vafot etgan.
“Oilaning kenja farzandi, ota-onasining suyangan toği, ikki qiz va bir öğilning işongan qalqoni, rafiqasining sevimli turmuş örtoği endigina 33 bahorni qarşi olayotgandi”, deydi Ğiyosov.Sodir bölgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qoçiş) 1-qismi va 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçi qölga olingan.
“Qahramon xodim, xizmatdoşlari hamda Içki işlar vazirligi rahbariyati tomonidan sönggi manzilga kuzatilib, oilasi davlat muhofazasiga olinadi. Xosilbekning körsatgan jasorati esa Içki işlar vazirligi şaxsiy tarkibi, safdoşlari hamda u xizmat qilgan xalq qalbida mangu yaşaydi. Ona-yurt öz qahramon farzandini heç qaçon unutmaydi”, deydi Ğiyosov.