Özbekistonliklarga Isroil hududini vaqtinça tark etiş tavsiya qilindi
2-03-2026, 07:09
138 марта

Özbekistonliklarga Isroil hududini vaqtinça tark etiş tavsiya qilindi
Yaqin Şarqda vaziyatning keskinlaşuvi ortidan Özbekistonning Isroildagi elçixonasi öz fuqarolariga şoşilinç tavsiya bilan çiqdi.Bayonotda özbekistonliklarga huşyorlikni saqlaş, Isroil hukumati tomonidan belgilangan xavfsizlik çoralariga qatiy rioya qiliş va imkon qadar keyingi körsatmalar olingunga qadar maxsus jihozlangan xavfsiz hududlarda böliş qatiy tavsiya etilgan.
Elçixona rasmiy körsatmalarga diqqat bilan amal qiliş, zaruratsiz köçaga çiqişni çeklaş va xotirjamlikni saqlaş muhimligini takidlangan va vaziyat barqarorlaşgunga qadar mamlakatni vaqtinça tark etiş tavsiya qilingan.
“Isroil-Misr çegarasidagi tun-u kun işlaydigan “Begin” çegara ötiş punktiga alohida etibor qaratilgan; şu bilan birga, Özbekiston fuqarolarining Sinay yarimoroliga kirişi uçun viza talab qilinmaydi. Çegaradan ötişni tezlaştiriş maqsadida çegara bojlarini oldindan onlayn tarzda tölaş tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.Özbekistonliklarga boşqa quruqlikdagi ötiş punktlaridan foydalaniş tavsiya etilmagan. Malum qilinişiça, ularning iş vaqti özgarişi mumkin, şuning uçun sayohatni rejalaştirişdan oldin dolzarb malumotlarni aniqlaştiriş haqida ogohlantirilgan.
Elçixona, şuningdek, fuqarolarni Özbekiston Taşqi işlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning rasmiy manbalaridagi yangiliklarni muntazam kuzatib borişga hamda Isroil xizmatlarining ogohlantirişlari va tavsiyalarini inobatga olişga çaqiradi.
Favqulodda vaziyatlarda vatandoşlar quyidagi telefon raqamlari: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076, +972 54 485 1397 yoki il.uzembassy@mfa.uz elektron poçtasi orqali murojaat qilişlari mumkin.