Prokuratura xodimi 9 ming bilan qölga tuşdi
2-03-2026, 12:17
94 марта

Prokuratura xodimi 9 ming bilan qölga tuşdi
Namangan viloyatining Namangan şahrida Toşkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri 9 ming dollar bilan qölga tuşdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.Malum bölişiça, Toşkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri Örtaçirçiq tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorga tegişli savdo dökonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati böyiça aniqlangan 276 mln sömlik jarimani vakolatli tanişlari orqali bartaraf etib beriş va unga nisbatan çora körilmasligini taminlaş evaziga 9 ming AQŞ dollari talab qilgan.
Şuningdek, devonxona noziri Namangan şahridagi nufuzli oliygohda öqiyotganligi bois, talab etilgan pulni şu joyga olib kelib berişni söragan.
DXX xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda u 9 ming AQŞ dollarini Namangan viloyatida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan uşbu şaxs va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora beriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, devonxona noziriga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan.