USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari orasida xorazmlik qizlar bormi?

690 марта
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari orasida xorazmlik qizlar bormi?

2026 yil 3 mart kuni Şavkat Mirziyoyev tomonidan “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlaş töğrisida”gi qaror imzolandi. Uşbu qaror mamlakatimizda xotin-qizlarni ezozlaş, ularning iqtidori va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, yoşlarga örnak bölib kelayotgan faol va bilimdon qizlarni munosib rağbatlantirişga qaratilgan.

Qarorga muvofiq, Oila va xotin-qizlar qömitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining takliflari maqullandi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi, barça viloyatlar va Toşkent şahridan saralangan iqtidorli qizlar mukofot bilan taqdirlandi.

Mukofot sohibalariga 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ötkaziladigan bayram tadbirlarida diplom va kökrak nişoni topşiriladi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har bir sovrindorga bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilişi taminlanadi.

Xorazm şarafini himoya qilgan iqtidor egalari

Quvonarlisi, joriy yilgi mukofot sohibalari orasida xorazmlik qizlar ham bor.

Xususan:

– Quronboyeva Moxinur Odilbek qizi — Urganç davlat tibbiyot instituti katta öqituvçisi. U soğliqni saqlaş sohasidagi ilmiy va amaliy faoliyati, yoş kadrlar tayyorlaşdagi hissasi bilan etirof etildi.

– Dösmetova Şahzoda Dösmet qizi — Özbek milliy maqom sanʼati markazining Xorazm viloyati bölimi maqom xonandasi. U milliy sanatni tarğib qiliş, maqom ijroçiligini rivojlantiriş va madaniy merosimizni asrab-avaylaş borasidagi yutuqlari uçun munosib deb topildi.

Bu etirof nafaqat ularning şaxsiy yutuği, balki butun Xorazm viloyati uçun yuksak şarafdir. Ilm-fan va sanat sohalarida faoliyat yuritayotgan uşbu qizlar öz mehnati, istedodi va intilişi bilan yoşlarga namuna bölib kelmoqda.

Ibrat maktabi

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti yillar davomida yurtimizning eng iqtidorli, faol va taşabbuskor qizlarini kaşf etib kelmoqda. Uşbu mukofot nafaqat rağbat, balki katta işonç va masuliyat hamdir.

Xorazmlik sovrindorlar misolida köriş mumkinki, zamonaviy bilim, mahorat va milliy qadriyatlarga sadoqat uyğunligi yuksak natijalarga olib keladi. Bugungi yutuqlar esa ertangi taraqqiyot uçun mustahkam poydevordir.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: