Daryo özanidan 1 mlrd sömlik qum qazib olganlar uşlandi
4-03-2026, 07:38
451 марта

Daryo özanidan 1 mlrd sömlik qum qazib olganlar uşlandi
Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida 1 mlrd sömlik tabiiy qum xom aşyosini özboşimçalik bilan qazib oliş holati foş etildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.Malum bölişiça, ötkazilgan reyd tadbirida fuqaro A.X. va boşqalar tumandagi “Qovçin” mahallasi hududidan oqib ötuvçi “Qaşqadaryo” daryosi özanidan maxsus texnikalar yordamida 39,5 ming metr kub noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qum xom aşyosini özboşimçalik bilan qazib olib, davlatga 1 mlrd söm zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (özboşimçalik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari boşlangan.