Qalbaki dorilarga qarşi kuraş keskin kuçaytiriladi
5-03-2026, 22:47
60 марта

Qalbaki dorilarga qarşi kuraş keskin kuçaytiriladi
Özbekistonda giyohvand va psixotrop moddalarga qarşi qanday kuraşilayotgan bölsa, dorilarning noqonuniy aylanmasi böyiça ham xuddi şunday murosasiz kuraşiş boşlanadi. Bu haqda bugun, 5 mart kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev öz raisligida ötgan farmatsevtika sohasini rivojlantiriş böyiça ustuvor vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişida masullarga topşiriq berdi.Qayd etilişiça, farmatsevtika sohasiga yangi texnologiyalarni olib keliş, “ Big Pharma” kompaniyalarni jalb qilişga ança harakat qilinmoqda. Bunday kompaniyalar işlab çiqarişini yölga qöyişdan oldin “Içki bozorda dorilar sifati va xavfsizligi böyiça kuçli nazorat tizimi bormi?” degan savol qöyadi.
Lekin birgina ötgan yilning özida mamlakatda 57 mingdan ziyod nomdagi röyxatdan ötmagan, kontrafakt dorilar aniqlangan. Açinarlisi, qalbaki nusxasi köpaygani uçun nufuzli xorijiy kompaniyalar 21 turdagi original dorilarni Özbekistonga olib kirişni töxtatgan.
Masul idoralarga giyohvand va psixotrop moddalarga qarşi qanday kuraşilayotgan bölsa, dorilarning noqonuniy aylanmasi böyiça ham xuddi şunday murosasiz kuraşiş şartligi körsatib ötildi.
Umuman, sifatsiz va qalbaki dorilarning oldi-sotdisi böyiça javobgarlikni keskin kuçaytiriş böyiça qonun loyihasini işlab çiqiş muhim ekani takidlangan.
Bugungi kunda farmatsevtika yönalişidagi 6 ta ilmiy-tadqiqot institutida 300 dan ziyod olimlar faoliyat yuritmoqda. Şu bilan birga, farmatsevtika oliygohlarini yiliga 1 mingga yaqin yoşlar tamomlamoqda. Lekin sohada ilm-fan bilan sanoat bir-biridan “uzilib” qolgani qayd etilgan.
Şu munosabat bilan Kimyo-farmatsevtika, Vaktsina va zardoblar hamda Şarq tabobati institutlari negizida Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti taşkil qilinadi.