Toşkentdan Urgançga 507 ming sömdan boşlanadigan aviaqatnovlar qöygani haqida xabarlar paydo böldi.
7-05-2025, 11:01
100 марта
Centrum'ning 507 ming sömlik aviabileti Silk avia'ning 180 ming sömlik aviabileti singari bölmaydimi?Keça tarmoqlarda Centrum aviakompaniyasi Toşkentdan Urgançga 507 ming sömdan boşlanadigan aviaqatnovlar qöygani haqida xabarlar paydo böldi. Tekşirib kördim, masalan, ayni damda 11 may sanasiga 598 618 sömdan boşlab çipta bor. Xuddi şu sanaga havoşkaning bolasi, hujjati böyiça loukoster bölgan, balki eng köp subsidiya oladigan Silk avia' çiptasi 1 274 753 sömdan boşlanadi.
Men bilmayman, Centrum Toşkentdan Urgançga qanday qilib 2,2 barobar arzon narxda qatnovni yölga qöya olmoqda va bu qançaga çöziladi (balki Urgançdan uçib ketadigan kesişuvçi reyslar hisobiga). Har safar Davlat rahbari mahalliy aviaqatnovlar böyiça qimmatçilik va çipta yöqligi bilan boğliq rasvo holatni tanqid qilganida bir muddat vaziyat özgaradi, lekin köp ötmay, ahvol yana özining eski holatiga qaytib qolaveradi.
Şunçaki yana bir bor eslaş uçun, 3 yil avval milliy loukoster deb elon qilingan, imtiyozlar va subsidiyalar oxurida taşkil etilgan Silk avia 180 ming sömdan boşlanadigan aviaçiptalar bilan bozorga kirib kelgandi. Lekin bu uzoqqa çözilmagan, bir neça hafta ötmay, Silk avia çiptalari narxi avval havoşkaniniki bilan bir xillaşib qolgan va keyin Silk avia havoşka bolasiga aylangaç, havoşkanikidan ham qimmatlaşib ketgandi. Masalan, şu 11 may sanasiga çipta narxi havoşkada 1 100 475 sömdan boşlanadi, yani Silk avia'dan arzonroq.
Nima bölgandayam, Centrum'ning Urgançga 507 ming sömlik qatnovi uzoqroq davom etsin va aytaylik, Centrum aviakompaniyasi viloyat futbol klubi uçun rasmiy hamkor hisoblangan Andijonga ham şunaqa qatnovlar yölga qöyilsin. Buning uçun bizga erkin bozor kerak va qimmat aviayoqilği bilan bozorni öldirayotgan töymas ajdarho mahv etilişi zarur.
Aytganday, Raqobat qömitasi mamuriy va ilhomlanadigan boşi bir bölgan Temir yöllari va havo yöllari aviakompaniyalari özaro til biriktirganligi holatini tekşirişi kerak. Çunki ikki yildirki aynan temir yöllari monopolisti poyezd çiptalari uçun narxlarini oşirişi ortidan aviaçiptalar narxi ham oşadi. Aviaçiptalarning ötgan 3 oyda 1,74 karra oşişi ham şunday tölqinda yuz berdi.
