Şavkat Mirziyoyev butun Özbekiston xotin-qizlarini tabrikladi
6-03-2026, 15:53
133 марта

Şavkat Mirziyoyev butun Özbekiston xotin-qizlarini tabrikladi
Bugun, 6 mart kuni Köksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri ötkazilmoqda. Unda Prezident Şavkat Mirziyoyev butun Özbekiston ayollarini 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.“Inson hayotini, jamiyat taraqqiyotini xotin-qizlarsiz, ularning ezgu fazilatlarisiz tasavvur etib bölmaydi. Biz sizlarning timsolingizda Uçinçi Renessans bunyodkori bölib, maydonga çiqayotgan 22 million yoş avlodni onalik mehri bilan tarbiyalab, voyaga yetkazgan buyuk bir kuçni köramiz.
Sizlar tadbirkor, olim, muallim, şifokor, muhandis, davlat va jamoat arbobi, bir söz bilan aytganda, xonadonlarimiz fariştasi, oila va jamiyat tayançi, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz”, deydi davlat rahbari.
Özbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatini taminlaş, muammolarini hal qiliş böyiça mutlaqo yangi tizim yaratilgani takidlangan.
Barça qonun, farmon va qarorlarni qabul qilişda gender masalasi böyiça huquqiy mexanizmlar joriy etilgan. Endi xotin-qizlarning huquq va manfaatlariga tasiri baholanmay turib, birorta qonun qabul qilinmaydi.
Yaratilgan keng imkoniyat va şaroitlar hisobiga 230 mingga yaqin tadbirkor ayollar sinfi şakllangan, mirişkor fermer ayollar 12 ming nafardan oşdi. Ilm-fan rivojiga ulkan hissa qöşayotgan olimalar 6 ming nafardan oşdi. Ötgan yili dunyo arenalarida şijoatli özbekistonlik qizlar 167 ta oltin, 193 ta kumuş, 243 ta bronza medalini qölga kiritdi.
Xotin-qizlar hayotidagi ana şunday katta özgarişlar dunyo hamjamiyati tomonidan etirof etilmoqda. Xususan, Özbekiston Parlamentlararo ittifoqning “Parlamentdagi ayollar” reytingida 92 poğona yuqorilab, 36-örinni egalladi. “Gender tenglik va boşqaruv” indeksida 103-örindan 52-öringa kötarildi. Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksida esa öz pozitsiyasini 43 poğonaga yaxşilab, 48-öringa çiqdi.