Yaqin Şarqdan qaytarilgan özbekistonliklar 19 mingdan oşdi
8-03-2026, 19:53
124 марта

Yaqin Şarqdan qaytarilgan özbekistonliklar 19 mingdan oşdi
Bugun, 8 mart soat 07:00 holatiga köra, uruş fonida Yaqin Şarqdan Özbekistonga jami 19 347nafar fuqaro qaytarildi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.Qayd etilişiça, keça, 7 mart kuni Saudiya Arabistonidan 9 ta reys amalga oşirilib, 1 680 nafar, Birlaşgan Arab Amirliklaridan 2 ta reys orqali 394 nafar fuqaro olib kelingan.
Şuningdek, 7 mart kuni Erondan 5 nafar fuqaro ham Özbekistonga qaytarilgan.
7 mart kuni Qatar va Saudiya Arabistonidagi elçixonalar Özbekiston Transport vazirligi bilan birgalikda Doha şahrida bölgan Özbekiston fuqarolarining birinçi guruhini (208 nafar) evakuatsiya qilgan.
Fuqarolar “Centrum Air” aviakompaniyasi reysi bilan Ar-Riyod xalqaro aeroportidan uçib, joriy yil 8 mart kuni soat 05:40 da Toşkentga soğ-salomat yetib kelgan.
Şu bilan birga, Qatardagi diplomatik vakolatxona tomonidan keyingi evakuatsiyani amalga oşiriş doirasida fuqarolarning ikkinçi guruhi (126 nafar) şakllantirilgn. Ular diplomatlar hamrohligida Elçixona tomonidan ijaraga olingan avtobuslarda (3 ta) Doha şahridan olib çiqilib, “Riyod – Toşkent” yönalişi böyiça 8-mart kuni amalga oşiriladigan çarter reysi orqali evakuatsiya qilinişi rejalaştirilgan.
Fuqarolarni Özbekistonga qaytariş böyiça çora-tadbirlar tizimli va bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.