Qança özbekistonlik Yaqin Şarqdan qaytarilgani aytildi
4-03-2026, 23:06
256 марта

Qança özbekistonlik Yaqin Şarqdan qaytarilgani aytildi
Joriy yilning 28 fevral kuni AQŞ va Isroilning Eronga qarşi boşlagan hujumidan söng Yaqin Şarq mintaqasida qolib ketgan 5 ming nafardan ortiq Özbekiston fuqarosi ortga qaytarildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.Uruş boşlangandan beri Özbekiston şaharlaridan Dubay, Şarja, Madina, Doha, Jidda, Tel-Aviv, Tehron va Quvayt yönalişlaridagi barça aviaqatnovlar bekor qilingan. Oqibatda 28 fevral – 2 mart kunlari Quvayt, Isroil, Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAdan 1 681 nafar Özbekiston fuqarosi uça olmay qolgan.
Vazirliki hozirda rezident va xorijiy aviakompaniyalar bilan hamkorlikda uşbu jarayonni muvofiqlaştiriş uçun “Özaviatsiya” agentligida 24 soat işlaydigan ştab taşkil etgan.
Qayd etilişiça, bugungi kunga qadar Madina va Jidda aeroportlaridan 21 ta reys orqali 4 948 nafar yölovçi, Dubay şahridan esa 235 nafar yölovçi Özbekistonga olib kelingan.
Masullar fuqarolarga reyslar haqidagi malumotlarni faqat aviakompaniyalarning rasmiy vakolatxonalari va rasmiy veb-saytlaridagi telefon raqamlari orqali aniqlaştirişni tavsiya qilmoqda. Moliyaviy xavf va tuşunmovçiliklarning oldini oliş uçun tekşirilmagan vositaçilarga murojaat qilmaslik söralgan.