Özbekistondan Yaqin Şarqqa parvozlar vaqtinça töxtatildi
3-03-2026, 21:44
225 марта

Özbekistondan Yaqin Şarqqa parvozlar vaqtinça töxtatildi
Yaqin Şarqdagi joriy vaziyat munosabati bilan barça rezident va norezident aviakompaniyalar Özbekiston aeroportlaridan Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari, Qatar, Eron, Quvayt va Isroil aeroportlariga amalga oşiriladigan parvozlarni vaqtinça töxtatib turadi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.Qayd etilişiça, hozirgi vaqtda rezident va norezident aviakompaniyalar tomonidan 2026 yil 28 fevralgaça jönab ketgan yölovçilarni Özbekistonga qaytariş maqsadida parvozlar amalga oşirilmoqda. Uşbu reyslar böyiça malumotlarni aniqlaştiriş uçun faqatgina aviakompaniyalarning vakolatxonalariga va ularning rasmiy veb-saytlarida körsatilgan telefon raqamlariga (işonç telefonlariga) murojaat qiliş lozim.
Ehtimoliy tuşunmovçiliklar va moliyaviy xavf-xatarlarning oldini oliş maqsadida faqat rasmiy malumot manbalaridan foydalaniş va tekşirilmagan vositaçilarga murojaat qilişdan saqlaniş tavsiya etiladi.