Qozoğiston samolyotlariga Eron havo hududidan uçiş taqiqlandi
27-01-2026, 11:05
385 марта

Qozoğiston samolyotlariga Eron havo hududidan uçiş taqiqlandi
Qozoğiston Aviatsiya mamuriyati mamlakat aviakompaniyalariga Eron hududi ustidan, şuningdek uning havo makoni içida va unga yaqin hududlarda parvozlarni vaqtinça amalga oşirişni taqiqladi. Bu qaror mintaqada parvozlar xavfsizligiga bölgan tahdidlar kuçaygani fonida qabul qilingan. Bu haqda “Tengri Travel” xabar berdi.
Qozoğiston Aviatsiya mamuriyatining malum qilişiça, körilgan çoralar profilaktik xarakterga ega bölib, yölovçilar va ekipajlar xavfsizligini taminlaşga qaratilgan. Hozirda Qozoğiston aviakompaniyalarining barça reyslari ehtimoliy xavfli hududni çetlab ötgan holda amalga oşirilmoqda.
“Vaziyat Qozoğiston Aviatsiya mamuriyati tomonidan doimiy nazorat ostida. Tahdid darajasi özgarişiga qarab keyingi qarorlar qabul qilinadi”, deyiladi xabarda.Qayd etilişiça, tegişli buyruq mamuriyatning rasmiy saytida elon qilingan. Çeklov muddati aniq belgilanmagan – taqiq alohida körsatmagaça amal qiladi.
Qöşimça qilinişiça, çeklovlar ayrim reyslarning yönalişi va davomiyligiga tasir qilişi mumkin. Biroq aviatsiya idoralarining takidlaşiça, yölovçilar xavfsizligi mutlaq ustuvor masala hisoblanadi. Jadvaldagi ehtimoliy özgarişlar haqida aviakompaniyalar qöşimça ravişda xabar beradi.