USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qozoğistonda politsiya suddan özbekistonlik erkakni deportatsiya qilişni söradi

354 марта

Qozoğistonda politsiya suddan özbekistonlik erkakni deportatsiya qilişni söradi

Qozoğiston Respublikasining Ulan tuman sudi mamlakat hududidan özbekistonlik erkakni çiqarib yuboriş haqidagi Ulan tuman Içki işlar bölimining arizasi böyiça fuqarolik işini körib çiqdi. Bu haqda Şarqiy Qozoğiston viloyat sudi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özbekiston fuqarosi Qarağanda viloyatining jinoyat işlari böyiça ixtisoslaştirilgan tumanlararo sudining hukmi bilan Jinoyat kodeksining 96-moddasi 1-qismi (qasddan odam öldiriş) böyiça aybdor deb topilgan va unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan bölgan. Uning jazoni qatiy tartibdagi koloniyada ötaşi belgilangan.


2021 yil 21 oktyabrda Şemonayxa tuman sudi qarori bilan u şartli ravişda muddatidan ilgari ozod qilingan. Uning ötalmay qolgan muddati – 3 yil 3 oy 3 kun uçun probatsion nazorat belgilangan. Şartli ravişda ozodlikka çiqariş muddati 2025 yil yanvar oyida yakunlangan.

Qozoğistonning amaldagi qonunçiligiga köra, agar oğir jinoyat sodir etgan çet ellik şaxs Qozoğiston qonunlarini buzgan bölsa, u mamlakatdan çiqarib yuborilişi mumkin. Şu sababli sud uni Qozoğiston hududidan çiqarib yuboriş haqida qaror çiqargan. Qaror hali qonuniy kuçga kirmagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: