Yaqin Şarqdan qaytarilgan özbekistonliklar 21 mingdan oşdi
9-03-2026, 13:45
120 марта

Yaqin Şarqdan qaytarilgan özbekistonliklar 21 mingdan oşdi
Bugun, 9 mart soat 07:00 holatiga köra, uruş fonida Yaqin Şarqdan Özbekistonga jami 21 712 nafar fuqaro qaytarildi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.Qayd etilişiça, ayni paytda repatriatsiya işlari asosan fuqarolik aviatsiyasi uçun havo hududi oçiq bölib turgan mamlakatlar orqali amalga oşirilmoqda.
Jumladan:
Saudiya Arabistonidan – 17 963 nafar;
Birlaşgan Arab Amirliklaridan – 3 290 nafar;
Erondan – 47 nafar;
Qatardan – 378 nafar;
Bahrayndan – 27 nafar;
Ömondan – 7 nafar.
“Özbekiston fuqarolarini qaytariş böyiça çora-tadbirlar tizimli va bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.