Qirğizistonga oltin olib ötmoqçi bölgan şaxs uşlandi
11-03-2026, 10:15
123 марта

Qirğizistonga oltin olib ötmoqçi bölgan şaxs uşlandi
Farğona viloyatining “Vodil-avto” çegara bojxonasida Qirğiz Respublikasiga yaşirinça oltin quymalarini olib ötmoqçi bölgan şaxs uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizilik xizmati xabar berdi.Malum bölişiça, Farğona tumanida yaşovçi, 30 yoşli şaxs boşqaruvidagi Damas rusumli avtotransport vositasi Qirğiz Respublikasiga çiqiş maqsadida “Vodil-avto” çegara bojxona postiga kirib kelgan paytda tekşiruvdan ötkazilgan.
Qayd etilişiça, avtomaşina kuzov qismining içiga yaşirilgan 4 dona nostandart şakldagi oltin quymalar borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.
Ekspertiza xulosasiga köra, quymalarning sof oğirligi 1 kg 232 gr bölib, umumiy bahosi 2 mlrd 182 mln 466 ming sömni taşkil etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 182-moddasi (bojxona töğrisidagi qonunçilikni buziş) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari boşlangan.