Quyma oltinni çegaradan yaşirinça ötkazayotgan şaxs uşlandi
24-02-2026, 08:49
215 марта

Quyma oltinni çegaradan yaşirinça ötkazayotgan şaxs uşlandi
Toşkent viloyatidagi “Navoiy” çegara bojxona postidan 338 gramm quyma oltinni yaşirinça olib ötişga uringan şaxs töxtatib qolindi. Bu haqda Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi xabar berdi.Malum qilinişça, mazkur şaxs bojxona postiga piyoda kirib kelgan. Xodimlar tomonidan yölovçining harakatlarida şubha uyğotuvçi holatlar kuzatilgan. Şundan söng fuqaro “Body scanner” qurilmasi orqali bojxona nazoratidan ötkazilgan.
Natijada fuqaroning oyoq kiyimlari ostiga yaşirilgan, oğzaki sörovda malum qilinmagan hamda yölovçi bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan umumiy oğirligi 338 gramm bölgan quyma oltin parçalari borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.