Taglikka oltin yaşirganlar uşlandi
4-11-2025, 21:22
443 марта
Taglikka oltin yaşirganlar uşlandiÖzbekistondan quyma oltin bölaklarini çaqaloq tagligi içiga yaşirgan holda olib çiqişga bölgan uriniş foş etildi. Bu haqda Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, “Yallama” çegara bojxona posti xodimlari tomonidan Özbekistondan çiqib ketayotgan fuqaro belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazilgan.
Uning qöl sumkasi közdan keçirilganda, içida umumiy oğirligi 111 gramm bölgan 2 dona oltin quymasi çaqaloqlar tagligiga yaşirilgani aniqlangan. Dastlabki hisob kitoblarga köra, uşbu buyumlarning umumiy qiymati 133 mln sömni taşkil qilgan.
Bildirilişiça, hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Malumot uçun, amaldagi qonunçilikka muvofiq, jismoniy şaxslarga oğirligi 200 grammgaça bölgan kumuşdan hamda 65 grammgaça bölgan oltin yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yölovçi bojxona deklaratsiyasini töldirmasdan, uşbu miqdorlardan ortiq bölganlarini yölovçi bojxona deklaratsiyasi asosida Özbekiston Respublikasi hududidan taşqariga olib çiqişga ruxsat beriladi.