Özbekiston Afğoniston bilan harbiy hamkorlik qilişi mumkin
11-03-2026, 17:07
234 марта

Özbekiston Afğoniston bilan harbiy hamkorlik qilişi mumkin
Özbekiston Afğoniston bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yölga qöyiş mumkin. Bu haqda Prezidentning “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili”da ustuvor yönalişlar böyiça islohotlar dasturlari va “Özbekiston – 2030” strategiyasini amalga oşiriş böyiça davlat dasturi töğrisida”gi farmoni loyihasida söz boradi.Unga köra, jahonda sodir bölayotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli kuçlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oşiriş maqsad qilingan.
Şu maqsad doirasida mintaqada işonç çoralarini mustahkamlaşga qaratilgan faol harbiy-siyosiy muloqotni olib boriş, şu jumladan, Afğoniston bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yölga qöyiş masalasini işlab çiqiş közda tutilgan.
Xususan, joriy yil iyunda Markaziy Osiyo davlatlari, şu jumladan, Afğoniston bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlik böyiça takliflarni işlab çiqiş va kelişiş uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibiyatiga kiritiladi.
Sentyabrda esa Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi orqali Markaziy Osiyo davlatlariga hamkorlik rejalariga va afğon tomoniga hamkorlik örnatiş böyiça takliflarni yuboriladi.
Şuningdek, oktyabr–dekabrda ijobiy javob olingaç, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibiyati bilan kelişilgan holda, xorijiy hamkorlar bilan tegişli tadbirlarni amalga oşiriş közda tutilgan.