Özbekistonda 5 davlat iştirokidagi yirik harbiy maşğulot boşlandi
16-10-2025, 11:36
293 марта

Özbekistonda 5 davlat iştirokidagi yirik harbiy maşğulot boşlandi
Özbekistondagi eng katta poligon – Markaziy harbiy okrugga qaraşli “Kattaqörğon” dala-öquv maydonida Markaziy Osiyo davlatlarining mudofaa vazirliklari iştirokida yirik harbiy öquv maşğuloti boşlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.Malumotlarga köra, joriy yilning 14 oktyabr kuni Özbekiston Mudofaa vazirligining harbiy hamkorlik doirasidagi eng katta öquv maşğulotlaridan biri – “Birlik – 2025”ning oçiliş marosimi bölib ötgan. Maşğulotda qatnaşiş uçun Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiz Respublikasi va Ozarbayjondan iştirokçilar kelgan.
Qayd etilişiça, uşbu harbiy maşğulotdan közlangan asosiy maqsad mamlakatlar örtasidagi işonçni mustahkamlaş, harbiy hamkorlikni kuçaytiriş, jahonda tobora kuçayib borayotgan geosiyosiy keskinlik va inqirozli holatlar, yuzaga kelayotgan yangi xavf-xatar va tahdidlar şaroitida zamonaviy çaqiriqlarga samarali qarşi turişda yaqin şerikçilik aloqalarini yanada mustahkamlaşdir.
Maşğulot davomida iştirokçilar hozirgi zamon jangovar tajribasidan kelib çiqqan holda, jang qilişning eng samarali usullarini qöllaş, uzoq masofadagi nişonlarni yöq qila oladigan artilleriya, uçuvçisiz uçiş apparatlari, zirhli texnika va boşqa qurollardan foydalanib, öquv-jangovar vazifani birgalikda bajarişi rejalaştirilgan.