Elektr va gazga noqonuniy ulanganlik uçun jazo oğirlaştirildi
12-03-2026, 12:51
360 марта

Elektr va gazga noqonuniy ulanganlik uçun jazo oğirlaştirildi
Özbekistonda gaz, elektr, issiqlik va vodoprovod tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulanib, noqonuniy foydalanganlik uçun javobgarlik kuçaytirildi. Bu haqda 11 mart kuni qabul qilingan 1121-sonli qonun bilan Jinoyat kodeksi va Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga qöşimçalar kiritildi.Unga köra, umumiy foydalanişdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulaniş yoki ulardan foydalaniş qoidalarini buzgan fuqarolar bazaviy hisoblaş miqdorining 15 baravaridan 20 baravarigaça (8 mln 240 ming sömgaça), mansabdor şaxslarga esa – 25 baravaridan 30 baravarigaça (12 mln 360 ming sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab bölişi mumkin.
Umumiy foydalanişdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida özboşimçalik bilan ulanganlar BHMning 15 baravaridan 25 baravarigaça jarima yoki 15 sutkagaça mamuriy qamoq jazosi berilişi mumkin.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan özgartirişlarga köra, umumiy foydalanişdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulaniş, şunday harakat uçun mamuriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etganlik uçun, BHMning 30 baravaridan 75 baravarigaça (30 mln 900 ming sömgaça) miqdorda jarima yoki 240 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki bir yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanişi belgilandi.
Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.