USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

IIO va Milliy gvardiya xodimlarining talabini bajarmaganlik uçun jarimalar oşirildi

452 марта

IIO va Milliy gvardiya xodimlarining talabini bajarmaganlik uçun jarimalar oşirildi

Özbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga içki işlar organlari xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatçisining qonuniy talablarini bajarmaslik bilan boğliq huquqbuzarliklar uçun jazo çoralari kuçaytirilişini nazarda tutuvçi qöşimça va özgartirişlar kiritildi. Şuni nazarda tutuvçi “Özbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun keça, 31 iyul kuni qabul qilindi.

Yangi qonun bilan endilikda içki işlar organlari va Milliy gvardiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravaridan 12 baravarigaça (2 mln 60 ming sömdan 4 mln 944 ming sömgaça) miqdorda jarimaga sabab böladi. Oldin bunday huquqbuzarlik uçun BHMning 1 baravari miqdorida jarima belgilangan edi. Agar xuddi şunday huquqbuzarlik mamuriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, BHMning 12 baravaridan 30 baravarigaça (4 mln 944 ming sömdan 12 mln 360 ming sömgaça) miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça muddatga mamuriy qamoqqa olişga sabab böladi.

Şuningdek, qonun hujjatlariga kiritilgan qöşimçalarga köra, sotuvçilarni oldi-sotdi şartnomasida körsatilgan majburiyatlarni öz vaqtida bajarişga undaydigan normalar belgilandi. Xususan, sotuvçi oldi-sotdi şartnomasida körsatilgan muddatda tovarni topşiriş böyiça majburiyatini bajarmaganda, keçiktirilgan har bir vaqt birligi uçun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida istemolçiga penya tölaşi közda tutildi. Biroq bunda penyaning umumiy summasi topşirilmagan tovar bahosidan oşib ketmasligi kerak. 

Bundan taşqari, qonun hujjatlariga kiritilgan özgartirişlarga köra, barça oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqarişda faqat yodlangan tuzdan foydalanilişi belgilandi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: