Ozarbayjonda qölga olingan qöqonlik tabib qöyib yuborildi
13-03-2026, 09:25
375 марта

Ozarbayjonda qölga olingan qöqonlik tabib qöyib yuborildi
Ozarbayjonning Baku şahridagi BI ES VIP klinikasida xalq tabobati bilan şuğullanuvçi Iqbol Soliyev qölga olingandi. U oradan köp vaqt ötmay qöyib yuborildi. Bu haqda “Lenta.az” xabar berdi.Malum qilinişiça, politsiya bölimida Iqbol Soliyevga nisbatan qonunçilikka muvofiq tegişli javobgarlik çoralari körilgan.
Şundan söng uni Ozarbayjondan çiqarib yuboriş taminlangan.
Qöqonlik tabib nega qölga olingan edi?
Soliyev klinikada bemorlarni noqonuniy davolagan. Şu paytda klinikada katta navbat va tartibsizliklar yuzaga kelgan. Soliyev bioenergiya yoki energiya terapiyasi bilan şuğullanişini bildirgan va har bir bemorni 60 manatdan (400 ming söm) davolagan.
Klinika malumotiga köra, Iqbol Soliyev uşbu tibbiyot muassasasining xodimi emas. Şunday bölsa ham, u ikki kunlik qabul ötkazib, keyin klinikadan ketgan.