Özbekiston Xitoydan 100 ta dron oldi
15-03-2026, 18:34
62 марта

Özbekiston Xitoydan 100 ta dron oldi
Özbekistonga Xitoyda işlab çiqarilgan 100 ta zamonaviy agrodron olib kelindi. Bu haqda Qişloq xöjaligi vazirligi xabar berdi.Malum qilinişiça, vazirlik taşabbusi hamda Jahon banki kömagida Xitoyda işlab çiqarilgan 100 ta zamonaviy dron Özbekistonga olib kelingan.
Ularning 50 tasi ekin maydonlarini masofadan monitoring qiliş, yana 50 tasi esa, öğitlaş, zararkunandalarga qarşi işlov beriş va agrotexnik tadbirlarni bajariş uçun möljallangan.
“Loyiha doirasida xitoylik mutaxassislar tomonidan mahalliy kadrlar ham tayyorlanmoqda. “Özdaverloyiha” DILI va uning hududiy bölinmalarining 30 nafar mutaxassisi dronlarni boşqariş va texnik xizmat körsatiş böyiça öqitilmoqda, kelgusida esa 100 nafar malakali operator tayyorlaş rejalaştirilgan”, deyiladi xabarda.