Onangni qozi söksa. Jinoyatlarga qarşi kuraşişi işonilgan amaldorning özi pora bilan uşlandi
16-03-2026, 16:59
831 марта

Onangni qozi söksa. Jinoyatlarga qarşi kuraşişi işonilgan amaldorning özi pora bilan uşlandi
Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining (IJQKD) Jizzax viloyati boşqarmasi Paxtakor tuman bölimi katta tezkor vakili 85 mln söm pora bilan qölga tuşdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.Malum bölişiça, bölimning katta tezkor vakili şaxsiy boylik orttiriş maqsadida özining 1989 yilda tuğilgan muqaddam sudlangan tanişi bilan til biriktirib, texnika taminoti bilan şuğullanuvçi masuliyati çeklangan jamiyat (MÇJ) iş boşqaruvçisining işonçiga kirgan.
Aniqlanişiça, mazkur MÇJ bilan Jizzax şahar Maktabgaça va maktab talimi bölimi örtasida 20 dona interaktiv doskalarning oldi-sotdi şartnomasini elektron dökon orqali tuzilişida ğoliblikni qölga kiritib, doskalarni qimmat narxda ötkazib berişni vada qilişgan.
Özlarining qöştirnoq içidagi xolis xizmatlari evaziga esa MÇJ iş boşqaruvçisidan 85 mln söm talab qilişgan.
Departamentning katta tezkor vakili asl narxi 15,2 mln söm bölgan interaktiv doskalarni 25 mln sömdan ötkazib bermoqçi bölgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda dastlab uning şerigi 1989 yilda tuğilgan fuqaro 85 mln sömni olgan paytda uşlangan.
Söng tezkor tadbir davom ettirilib, undan 30 mln sömni Departament xodimi özining yana bir hamtovoği bölgan – maktab direktori bilan birgalikda, öz yaşaş xonadoni oldida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, IJQKD Paxtakor tuman bölimi katta tezkor vakili va maktab direktoriga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan.