Tailanddagi YTHda Özbekiston fuqarosi halok böldi
19-03-2026, 18:59
216 марта

Tailanddagi YTHda Özbekiston fuqarosi halok böldi
Tailandning Bangkok şahrida avtobus iştirokidagi yöl-transport hodisasi oqibatida bir nafar özbekistonlik halok böldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.Malum bölişiça, hodisa joriy yilning 8 mart kuni sodir bölgan. YTH oqibatida bir nafar özbekistonlik şaxs oğir tan jarohat olişi oqibatida voqea joyida vafot etgan. Şuningdek, uşbu avtohalokatda turli tan jarohati olgan yana 3 nafar özbekistonlik fuqaroga tezkor tibbiy yordam körsatilib, şifoxonaga yetkazilgan.
Taşqi işlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti malumotiga köra, vaziyat alohida nazoratga olingan. Özbekistonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonasi xodimlari tomonidan fuqarolarga kerakli tartibda barça zarur yordam körsatilgan. Marhumning yaqinlari bilan aloqa örnatilib, hozirgi vaqtda jasadni mamlakatga olib keliş çoralari boşlangan.