Körgazmabozlik soyasidagi bayram yoxud sahnadan haydalgan bolalar

Körgazmabozlik soyasidagi bayram yoxud sahnadan haydalgan bolalar
— Ö-ö, bor, çetga çiq, sahna «çegarasi»dan ötma. Özi şunday-da ham sahna gilami oyoqlar tala-töpidan abjaği çiqdi. Bor, bor, nariroqqa öyna!— Navröz bayram dasturi taşkilotçilarining töğridan-töğri yerda töşalgan gilamga çiqib, raqsga tuşayotgan bolajonlarni turtkilab çetga surib çiqarişi birpasda ularning yuzidagi zavq-şavqniyam uçirib yubordi.
— E-e, bayraming bilan, xöpmi? Şunaqa siltaydimi bolani?!
— Gilaming toza bölsayam, mayli edi. Bola-da, öynaydi-da!
— Özi bayramni kim uçun qilyapsan, bor-e, öşa...! — deya bir neçta xotin-xalajlar jovraşib, sahna oldidan bolalariniyam olib, qöl siltab ketişdi.
Sahna oldidan haydalgan bolalar
Töğridan-töğri yerda töşalgan yaşil katta gilamda «Navröz» sayli tomoşasi. Şou-dasturi boşlangan. Sahna milliy anana va urf-odatlar aksi tuşirilgan körgazmalar bilan bezangan. Sahna örtasida esa sumalak ramziy qozonda «qaynab» turibdi. Atrofida ramziy kapkir tutgan odamlar fonogrammada qöşiq va laparlarni, göyo, avjga mindirişgan. Milliy öyinlar esa faqat stsenariyda. Amalda zamonaviy qöşiq va raqslar. Estrada xonandalari biri qöyib, biri oladi. Orada xorij musiqalari ham yangraydi: yoşlar almoyi-aljoyi raqslarga tuşişgan, bolajonlar esa qanday musiqa ekanini farqlaşmay, zavqlanişadi. Raqslar avjida bolajonlar sahna gilami «çegarasi»ni bosib qöyişgani uçun taşkilotçi çetga surib, ödağaylamoqda. Ota-onalar tajang. Sahna oldidan haydalgan bolalar esa xarxaşada...
Hisobot uçun taşkil qilingan bunday sahna çiqişlari asl Navröz haqida yoş avlodga betakror taassurot qoldirmasligi ayon. Bu holatni kuzatib, dilimiz bir qadar oğriydi. Negadir, hammamiz yaxşi bilsak-da, stsenariyli tomoşalardan töxtamaymiz.
Navröz — xalqimiz hayotida yangilaniş, tabiat uyğonişi va odamlar qalbini birlaştiruvçi bayram sifatida nişonlanib keladi. Qadimda Navröz katta sahnalardan yoki rasmiy kontsertlardan boşlanmagan. Bayram oddiy mahallalarda, qöşnilar orasida boşlangan. Ayollar va bolalar birga sumalak qaynatgan, erkaklar haşar qilib, köça va hovlilarni tozalagan, yoşlar milliy öyinlar uyuştirgan. Keçga borib esa qöşiq, lapar va raqslar bilan bayram davom etgan.
Ammo, bugungi bayram dasturlarini kuzatib, Navröz haqiqiy milliy qadriyat sifatida yaşayaptimi, u özining asl ruhini saqlab qoldimi yoki u sahnaviy şou va körgazmali tadbirlarga aylanib bormoqdami, degan savollar tuğiladi. Asosiy maqsad Navrözni tomoşa sifatida nişonlaşmi yoki uning haqiqiy manosini saqlab qolişdami?
Körgazmabozlik soyasida...
«Bizning yoşligimizda Navröz yasama sahnalarda emas, odamlar orasida bölardi. Keng dalalarda, lozim bölsa, yaylovlarda ötkazilardi. Qozonlarda sumalak qaynar, halisalar pişirilar, mahallalar ahli birlaşardi. Qöni-qöşnilar yiğilişardi. Bu bayramning gözalligi esa odamlarning dasturxon atrofida ötirib, bir-birini duo qilişda edi.
Bu qadriyatlar qişloqlarimizda hozir ham bor. Töğri, tomoşalarning bugun katta-kiçik sahnalarda ramziy aşyolar bilan ötkazilayotgani biroz eriş bölsa-da, soz-navolar har joy har joyda yangrab turibdi. Ammo, bolalar zavqu-şavqiga göyoki, stsenariy tomoşalarini «buzib» qöygan sifatida qaraş juda xunuk holat. Bu bayramning asl ruhi dillarni zavqlantiriş, qalblarni quvontirişdan iborat bölsa... Özim ham bu holatni körib, öylanib qoldim-da...»-deydi şofirkondan Buxoro şahrida uyuştirilgan Navröz bayrami sayllaridan biriga nevaralari bilan kelgan otaxon.
Darhaqiqat, Navrözning asosiy mazmuni ham ana şu: dillarga zavq ulaşiş, biri-biridan arazlamaslik, gina-quduratni unutiş, birdamlik, mehr va yangilaniş. Salkam 35 yil bölyaptiki, biz Navrözning qayta tiklanganidan mamnunligimizni takror-takror sözlaymiz. Agar bu milliy bayram faqat sahna va körgazmaga aylanib qolayotgan bölsa, Navrözning asl mazmuni yana soyada qolib ketişi mumkin.
Töğri, madaniy dasturlar bayramga fayz bağişlaydi. Biroq, bazan tadbirlar şunçalik rasmiy va stsenariy asosida taşkil etiladiki, u xalqona ruhdan biroz uzoqlaşgandek tuyuladi. Hamma körinişlar ramz va körgazmalar orqali «boşqariladi». Milliy raqs va milliy öyinlar qisqa namoyiş etiladi.
«Mutasaddilar kelib-ketgunça, qöl tekkizmang...»
Navröz, deganda köpçilikning köz oldiga möl-köl dasturxon keladi. Bu mehmondöstlik va saxovat belgisi. Biroq, oğriqli jihat: Navröz dasturxonlari milliy taomlar va milliy pişiriqlar namoyişida kimözarçilik avjga minadi. Tuman, şaharlar nomi yozilgan dasturxonlarni bezaş — xuddi ananaviy «bellaşuv»ga aylanib ketgan. Saylga çiqqan mahalliy odamlaru xorijlik sayyohlar bu milliy taomlardan yo xarid qilişni yoki tatib körişni istaydi. Yöq. Toki, mutasaddilar dasturxonlarga «baho» berib ötişmagunça, qöl tekkiziş yöq. Bu bayram odamlar uçunmi, yoki mutasaddilar uçunmi?
Bir tadbirda bölib ötgan voqea bunga misol böla oladi. Navröz kuni dasturxonlar körik-tanlovi uyuştirilmoqda. Bir tuman ön xil milliy taom tayyorlagan bölsa, ikkinçisi salkam yigirma xil milliy taom va pişiriqlar bilan qatnaşdi. Dasturxonlar haqiqatan tölib-toşgan. Ammo, «qöl tekkiziş»ga ruxsat berilmagan dasturxon nematlari, deyarli, yeyilmay qolib ketdi.
Suniy dabdaba ortidagi «majburiyat»
Qorovulbozor tumani vakili: «Navrözning fayzi dasturxonning köp yoki liq tölaligida emas, aslida, niyatning tozaligida. Ammo, körgazma uçun şunça pişiriqlarni tayyorlab kelişga majburmiz», — deydi.
Milliy bayram va sayl ortida yotgan isrofgarçilik «bellaşuvi» majburiyati köz-köz qilişga asoslangan suniy dabdabaning belgisi, xolos. Ammo, bu köproq manaviy qadriyatlardan yiroqlaşib borayotgan odatga aylanib qolayotgani bilan xavotirli.
Xalq orasida Navröz dasturxoniga oid bir rivoyat bor. Bir qişloqda Navröz kuni bir boy katta dasturxon yozgan. Hil-hil taomlar, şirinliklar - hammasi bor. Qöni-qöşnilar ham boydan qolişmay, deyişib, katta-katta laganlarda turli xil noz-nematlar olib çiqişibdi. Şu payt bir kambağal dehqon faqat bitta kosada oddiygina oş olib kelibdi. Odamlar hayron.
— Nega bunça kam?
— Bu oş halol mehnatimdan tayyorlangan. Navrözning barakasi şu kosada ham yetarli.
Aytişlariça, öşa kuni katta dasturxon yoygan boy ham, boşqa odamlar ham aynan, öşa oşdan yeyişibdi.
Maqsad, milliy bayramda urçib ketayotgan körgazmabozligu isrofgarçiliklarni tanqid qiliş emas, balki, bayram mazmunini saqlaş, uni boriça kelajak avlodga yetkaziş.
Mutaxassislarning fikriça, Navrözning asl ğoyasi tabiatni asraş, insonlar örtasida mehr-oqibatni kuçaytiriş va yangi umidlar bilan hayotni boşlaşdir. Şuning uçun sönggi yillarda bazi joylarda yaxşi taşabbuslar ham paydo bölmoqda. Navröz kuni köçat ekiş aktsiyalari ötkazilmoqda, mahallalarda haşarlar taşkil etilmoqda, milliy öyinlar qayta tiklanmoqda. Bu izçil harakatlar, albatta, xayrli.
Navröz odamlarni birlaştiriş, dillarni yaqinlaştiriş, tabiat bilan birga yangilaniş bayrami. Şu bois, uning haqiqiy quvonçi baland sahna yoki dabdabali dasturxonlarda emas, bolalarning beğubor kulgisida, qöşnilar duosida va odamlar qalbidagi samimiylikda yaşaydi.
Şunday ekan, Navrözni bezakli va körgazmabozli tomoşa emas, qadriyat sifatida asraylik. Zero, bayramning eng katta bezagi odamlar qalbidagi mehr va samimiyatdir.Laylo Hayitova