Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi

Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24 mart kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Özbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarining oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ötgan yil yakunlariga köra, tovar ayirboşlaş hajmi 10 foizga ösib, 13 milliard dollarga yetdi, joriy yil boşidan esa yana 32 foizga köpaydi.
Sanoat, energetika, transport va iqtisodiyotning boşqa ustuvor tarmoqlarida yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş davom etmoqda.
Özbekistonda birinçi atom elektr stantsiyasini quriş loyihasini ilgari surişga alohida etibor qaratildi.
Jizzaxda AES qurilişining beton quyiş bosqiçiga ötildi
Iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo qöşma komissiyaning samarali faoliyatiga yuksak baho berildi.
Tomonlar kooperatsiyaning yangi şakl va loyihalarini ilgari suriş uçun samarali maydonga aylangan “INNOPROM Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat körgazmasining navbatdagisini joriy yil aprel oyida Toşkent şahrida ötkazişga faol tayyorgarlik körayotgani takidlandi.