Özini ayol deb taniştirib tovlamaçilik qilgan ösmirlar uşlandi
26-03-2026, 20:26
66 марта

Özini ayol deb taniştirib tovlamaçilik qilgan ösmirlar uşlandi
Toşkent şahrining Çilonzor tumanida özlarini ayol sifatida taniştirib, turli yoşdagi erkaklardan pul talab qilgan guruh aniqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.Qayd etilişiça, 2008, 2007, 2005 va 2006 yillarda tuğilgan beş nafar fuqaro ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Telegram orqali özlarini ayol sifatida taniştirib, turli yoşdagi erkaklarga tovlamaçilik qilgan. Ular jabrlanuvçilarni uçraşuv bahonasida yaşaş xonadoniga çaqirgan.
Malum bölişiça, guruh taşkilotçisi muqaddam Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 120-moddasi (besoqolbozlik) bilan sudlangan bölib, u sport bilan şuğullanuvçi şaxslarni öz atrofiga töplagan.
Mijoz xonadonga kirgandan söng qöştirnoq ostidagi sportçi guruh azolari unga ikki nafar voyaga yetmagan bola bilan jinsiy aloqa qilişga kelgansan, deb turli sözlar bilan haqorat qilgan. Şuningdek, ular “mijoz”ni urib döpposlagan va tahdid qilib, uning behayo holatini video tasvirga olib, 10 million söm pul talab qilgan. Pulni bermagan taqdirda videoyozuvlarni internet tarmoği orqali tarqatib, şarmanda qiliş bilan qörqitgan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvçilar jabrlanuvçidan 5 million söm olayotgan paytda qölga olingan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) 2-qism “v” bandi bilan tergov harakatlari boşlangan.