Mirziyoyev marhum harbiy xizmatçilarining oilalari bilan uçraşdi
8-05-2025, 17:33
249 марта
Bugun, 8 may kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Ğalaba boğidagi “Millat fidoyilari” xiyobonida marhum harbiy xizmatçilarning oila azolari va Ikkinçi jahon uruşi va mehnat fronti qatnaşçilari bilan uçraşdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Malum qilinişiça, davlat rahbarining ğoyasi asosida taşkil etilgan uşbu yodgorlik mustaqillik yillarida mamlakat himoyasi yölida halok bölgan harbiy xizmatçilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining xotirasiga bağişlangan.
“Har yili bu yerga kelib, Ikkinçi jahon uruşidagi yöqotişlarni eslaymiz. Endi mustaqillik fidoyilariga bağişlangan uşbu majmuani taşkil qilganimiz xayrli iş böldi. Çunki ular ham milliy qahramonlarimiz. Şu jihatdan, bu maydonning manaviy ahamiyati katta. Bu ham özlikni anglaş, bu ham inson qadri”, degan Mirziyoyev.
Şuningdek, davlat rahbari vatan himoyaçilarining oila azolariga çuqur hurmatini bildirgan.
“Bu jasur öğlonlar tahlikali vaziyatda özini öylamay, burçiga sodiq qolib, xalqi uçun jonini fido qilgan. Hozirgi tinçlikda, osmonimiz musaffoligida ularning katta hissasi bor. Oilalari, barça yaqinlari bilişi kerakki, ular oramizda xuddi tirikdek, nomlari heç qaçon öçmaydi. Buni mana şu maydonda muhrlab qöydik. Men ularning ota-onalariga, turmuş örtoqlariga tazim qilaman. Farzandlari qahramon otalariga munosib bölişini istayman”, deya takidlagan Prezident.
Millat fidoyilari tuğilgan tumanlarda xotira tadbirlari ötkaziş, ularning mardligini yoşlarga ibrat qilib körsatiş, qahramonliklari haqida asarlar yoziş zarurligi takidlangan.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Ikkinçi jahon uruşi va mehnat fronti qatnaşçilarini ham ziyorat qilib, bayram bilan tabriklagan.
“Avvalo, sizlarni, siz orqali barça faxriylarimizni Ğalabaning 80 yilligi bilan tabriklayman. Xalqimiz nomidan barçangizga çuqur minnatdorlik bildiraman. Sizlarning qahramonligingiz tufayli bugungi avlodlar şunday tinçlik-forovonlikda yaşayapti. Bu tinçlikning qadrini yoşlarimizga sizlar orqali yetkazişimiz kerak. Hayotingizning özi bizga namuna. Har bir gapingiz juda katta talim, bilim. Ilohim, soğliğingiz mustahkam bölib, köp yillar faxrimiz, duogöyimiz bölib yuring”, deya tilak bildirgan Şavkat Mirziyoyev.
Xabarga köra, Özbekiston Prezidentining joriy yilning 19 fevral kunidagi qaroriga muvofiq, uruş va mehnat faxriylariga munosib hurmat körsatilmoqda. Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlariga 10 ming AQŞ dollari miqdorida, uşbu toifaga tenglaştirilgan şaxslarga 25 million söm, mehnat fronti qatnaşçilariga 3 million sömdan bir martalik pul mukofotlari berilmoqda. Köplab muhtaram nuroniylarga “Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 80 yilligi” yubiley medallari topşirilmoqda.
Tegişli vazirlik, idora va taşkilotlar, harbiy qismlar rahbarlari iştirokida uruş va mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burçini bajariş çoğida halok bölgan harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining oila azolarining holidan xabar olinib, yumuşlariga yordamlaşilmoqda.