Şavkat Mirziyoyev BMT Turizm boş kotibini qabul qildi
1-04-2026, 18:35
140 марта

Şavkat Mirziyoyev BMT Turizm boş kotibini qabul qildi
Bugun, 1 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatda taşrif bilan bölib turgan BMT Turizm boş kotibi Şayxa Nosir Al Novaysni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, Özbekiston va BMTning uşbu ixtisoslaşgan muassasasi örtasidagi köp qirrali va uzoq muddatli hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqilgan. Taşkilot rahbari Özbekistonda turizm sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni yuksak baholagan. Sayyohlik infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va xizmatlarni diversifikatsiya qiliş böyiça izçil çoralar amalga oşirilmoqda. Aviaqatnovlar geografiyasi kengaymoqda, yangi muzeylar taşkil etilmoqda, yirik madaniy tadbirlar muntazam ötkazilmoqda.
Sönggi 8 yilda Özbekistonga kelgan sayyohlar soni 6 barobar köpayib, qariyb 12 million nafarga yetgani alohida qayd etildi. 2030 yilga qadar ularning sonini 20 millionga, turizmning mamlakatimiz yalpi içki mahsulotidagi uluşini esa 7 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.
Özbekiston va BMT Turizm örtasidagi hamkorlik jadal suratda rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan takidlangan. 2023 yilda Samarqand şahrida Taşkilot Boş Assambleyasi muvaffaqiyatli ötkazilgan, Xalqaro turizm akademiyasi taşkil etildi, yaqinda esa “Ipak yölida turizm” mavzusidagi ofisning oçilişi bölib ötadi.
Özbekiston taşabbusi bilan BMT Boş Assambleyasining 2027 yilni Xalqaro barqaror va yaşovçan turizm yili deb elon qiliş töğrisidagi rezolyutsiyasi qabul qilingan.
Suhbat çoğida tomonlar şeriklikni yanada rivojlantiriş, jumladan, sayyohlik sohasida xalqaro huquqiy bazani takomillaştiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş, ekspertlik va texnik hamkorlikni kengaytiriş, turizm sohasi uçun yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş niyatida ekanini qatiy tasdiqlagan.