Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila Özbekistonga qaytarildi
2-04-2026, 12:55
90 марта

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila Özbekistonga qaytarildi
Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida yaşab kelayotgan Özbekiston fuqarosi va uning uç nafar voyaga yetmagan farzandining murakkab vaziyati ijobiy hal etildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.Aniqlanişiça, özbekistonlik fuqaro R.Z. 2020 yilda işlaş uçun Sankt-Peterburgga borgan. 2020–2025 yillar oraliğida u uç bor farzandli bölgan. Biroq murakkab hayotiy vaziyat tufayli bolalarning tuğilganlik töğrisidagi guvohnomalari öz vaqtida rasmiylaştirilmagan. Şu sababli bolalarning şaxsni tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan. Bu esa ularni vaqtinça davlat idoralari qaramoğiga oliş va voyaga yetmaganlar uçun ixtisoslaştirilgan muassasaga yuborişga sabab bölgan.
Özbekistonning Sankt-Peterburgdagi boş konsulxonasi tomonidan olib borilgan say-harakatlar natijasida diplomatlar vaziyatga zudlik bilan aniqlik kiritib, fuqarolarning huquqlarini himoya qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilgan.
Özbekistonliklar işi Sankt-Peterburgning Vasileostrovskiy tuman sudida körib çiqilgan. Sud jarayonida boş konsulxona xodimlari tomonidan bolalarning şaxsini va qarindoşlik aloqalarini tasdiqlovçi hujjatlar taqdim etilib, tegişli idoralar bilan tuşuntiriş işlari olib borilgan. Sudda fuqaro manfaatlari himoya qilinib, bolalarni oila muhitiga qaytariş zarurligi asoslab berilgan.
Sudda ijobiy qaror qabul qilganidan söng ona va uning farzandlari Özbekistonga qaytarilgan.