Rossiyadagi vaqtinça saqlaş markazlarida qança özbekistonlik saqlanayotgani aytildi
2-04-2026, 15:40
29 марта

Rossiyadagi vaqtinça saqlaş markazlarida qança özbekistonlik saqlanayotgani aytildi
Rossiyadagi vaqtinça saqlaş markazlarida hozirga qadar 100 nafardan ortiq Özbekiston fuqarosi saqlanayotgani malum qilindi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.Qayd etilişiça, Özbekiston Boş konsulxonasi diplomatlari Rossiya Taşqi işlar vazirligining Vladivostokdagi vakili vazifasini bajaruvçi Yevgeniy Volosastov bilan uçraşuvda ularni tezroq vatanga qaytariş masalasi körib çiqilgan. Şuningdek, Boş konsulxonaga ayrim fuqarolarni saqlaş muddati uzayib ketgani böyiça köplab murojaatlar kelib tuşayotgani aytilgan.
Suhbat davomida Özbekiston tomoni joriy yilning 1 fevralidan 25 martigaça bölgan vaqt oraliğida ayrim yurtdoşlarimiz Vladivostok xalqaro aeroporti orqali Rossiyaga kiritilmagani haqida malum qilgan.
Aytilişiça, Rossiya tomoni nazoratni kuçaytirgani va qöşimça tekşiruvlar joriy qilgani sababli “Uzbekistan Airways” va “Centrum Air” aviakompaniyalari parvozlar jadvaliga özgartiş kiritişga majbur bölgan. Bu esa Özbekistondan kelayotgan yölovçilar sonining kamayişiga olib kelgan.
Bu holat ikki davlat örtasidagi sayyohlik aloqalariga va savdo-iqtisodiy hamkorlikka ham salbiy tasir körsatayotgani takidlangan. Jumladan, “Navobod Naslli Parranda” fermer xöjaligi va “AgroPtitsa” kompaniyasi örtasidagi 20 million AQŞ dollarilik kelişuv doirasida Özbekistondan Primore hududiga inkubatsiya tuxumlarini yetkazib beriş işlariga ham qiyinçilik tuğdirgan.
Şuningdek, uçraşuvda Primore hududida vaqtinça bölib turgan vatandoşlarning huquqlarini himoya qiliş masalasiga alohida etibor qaratildi. Xususan, migratsiya qoidalarini buzgani uçun uşlangan fuqarolar bilan boğliq holatlar muhokama qilingan.
Yevgeniy Volosastov öz navbatida, bu masalalarni Primore hududidagi masul idoralar bilan birgalikda körib çiqişga va vaziyatni yaxşilaş uçun qöşimça muzokaralar ötkazişga tayyorligini bildirgan.
Qolaversa, u Özbekiston tomoni bilan hamkorlikni davom ettiriş va mintaqadagi Özbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilişga alohida etibor qaratilişini takidlagan.
Rossiyada hozirda vaqtinça işlayotgan Özbekiston fuqarolari soni qariyb 1,3 millionni taşkil etmoqda.