Rossiyada özbekistonlik migrant kaltaklab öldirilgani aytilmoqda. Özbekiston tomoni nota yubordi
2-01-2026, 13:10
693 марта

Rossiyada özbekistonlik migrant kaltaklab öldirilgani aytilmoqda. Özbekiston tomoni nota yubordi
Rossiyada özbekistonlik migrant “OMONçilar” tomonidan kaltaklab öldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Taşqi işlar vazirligi holat yuzasidan uşbu mamlakatga nota yuborilgani haqida xabar berdi.Qayd etilişiça, Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk şahrida Özbekiston fuqarosining vafoti bilan boğliq holat Özbekistonning Vladivostokdagi Boş konsulxonasi va Migratsiya agentligi tomonidan nazoratga olingan.
Boş konsulxona marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada bölib, ularga zarur konsullik va amaliy yordam körsatmoqda. Fuqaroning jasadini vatanga qaytariş böyiça tegişli işlar olib borilmoqda.
Hodisa yuzasidan Özbekiston Boş konsulxonasi tomonidan Xabarovsk ölkasi prokuraturasi, Tergov boşqarmasi hamda Rossiya Federatsiyasi Taşqi işlar vazirligining Xabarovsk ölkasidagi vakolatxonasiga notalar yuborilib, holatni har tomonlama xolisona va qonuniy tartibda örganiş söraldi.
Ayni paytda fuqaroning vafot etiş sabablari böyiça rasman tasdiqlangan malumot mavjud emas. Tegişli idoralardan aniq malumotlar kelib tuşişi bilan jamoatçilikka qöşimça axborot beriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tilga olingan ikkinçi fuqaro haqidagi malumotlar tasdiqlanmadi.